Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade sentabr oyida mamlakatga yana 660 ming doza AstraZeneca va qo‘shimcha 276 ming doza xayriya tariqasida, shuningdek, sentabr—oktabrda esa 1,214 million doza Pfizer taqdim etilishi kutilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, fond “katta yettilik” hamda ortiqcha vaksinasi bor mamlakatlarga murojaat qilib, vaksinani boshqa davlatlar bilan bo‘lishishga chaqirgan. “Shu sababli ushbu birdamlikni namoyish etish juda muhim, shunda imkoniyatga ega boshqa mamlakatlarda bir-biriga qo‘shimcha dozalarni taqdim etish imkoniyati yuzaga keladi”, — deydi u.

Munir Mammedzade hukumatning aholini vaksinatsiyalar borasidagi sa’y-haratkatlarini va fuqarolarda turli vaksinalarni tanlash imkoniyati mavjudligi borasidagi faktni e’tirof etgan.

U COVAX dasturi doirasida mart oyida O‘zbekistonga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilganini eslatib o‘tgan. Iyulda YuNISEF chaqirig‘i bilan Ozarbayjon O‘zbekistonga yana 50 ming doza vaksina taqdim etgandi.

“Sentabrda yana 660 ming doza AstraZeneca va qo‘shimcha 276 ming doza, sentabr-oktabrda 1,214 million doza Pfizer taqdim etilishi kutilmoqda”, — deya qayd etadi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

“O‘zbekistonning barcha tumanlari Moderna kabi vaksinalarni -20 darajada saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishdik. Ushbu potensial davom ettirilib, ancha past haroratda saqlanadigan Pfizer kabi vaksinalar ham mamlakatda ta’minlanishiga erishamiz”, — deydi Mammedzade.

Uning ta’kidlashicha, barcha fuqarolarning tushungan holda harakat qilishi va imkon qadar tezroq emlashlari juda muhim. “YuNISEFning pozitsiyasi shundayki, eng yaxshi vaksina — mavjud vaksina. Yana bir bor ta’kidlashni xohlardimki, O‘zbekistonda tanlash imkoniyatining borligi — bu katta natija”, — degan Munir Mammedzade.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2021-yil oxirigacha COVAX doirasida yetkazib berilgan vaksina yordamida O‘zbekiston aholisining kamida 20 foizini emlash rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonga AQShdan koronavirusga qarshi 3 mln dozadan ortiq Moderna vaksinasi keltirilgani, mamlakatdagi jami vaksina zaxirasi 12 million 580 ming 60 dozani tashkil qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)