Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Agar birinchi doza vaksinani olib, ikkinchisi bilan emlanmagan yoki ikkita bosqichda emlanib, 3-doza vaksina olinmagan bo‘lsa, 12 hafta muddat ichida keyingi doza bosqichlarini davom ettirish mumkin. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Uning so‘zlariga ko‘ra, emlanishlar orasidagi muddat 12 haftadan ko‘p bo‘lsa, ya’ni 3 oydan ortiq bo‘lsa emlanish qaytadan — birinchi dozadan boshlanadi.

“Vaksinaning qaysi turi bo‘lishidan qat’i nazar, AstraZeneca, ‘Sputnik V’ yoki ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bo‘ladimi, oraliq muddat 12 haftadan oshsa, revaksinatsiya qilinadi”, — deya ta’kidladi Botir Qurbonov.

Bundan avval vaksina olganlar ham delta shtammni boshqalarga yuqtirishi mumkinligi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)