Markaziy bank 30-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,03 so‘mga pastlab, 10 625 so‘mni tashkil qildi. Yevro 33,35 so‘mga ko‘tarilib, 12 616,13 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 10 648,03 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida esa 28-iyul kuni dollar kursi birinchi marta 10 720 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.
Izoh (0)