Samarqand shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ga jami 1622 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” nomli dori vositasini 3000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avval Toshkentda 175 million so‘mlik dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olingani, Ohangaronda Epica haydovchisi 265,7 million so‘mlik kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini noqonuniy olib ketayotgani aniqlangani hamda Farg‘onada qiymati salkam 10 million so‘m bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)