Innovatsion rivojlanish vazirligining “Vaksinauz” Telegram-kanalida butun O‘zbekiston bo‘ylab emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilindi.
Keltirilgan ro‘yxatga faqat tibbiyot muassasalari — markaziy va oilaviy poliklinikalar va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyundan Toshkent bozorlari va yirik savdo majmualarida 46 ta qo‘shimcha emlash punkti paydo bo‘ldi. Toshkent shahrida 8-iyuldan aholini emlash uchun maxsus avtobuslar yo‘lga qo‘yildi. Biroq bu ma’lumotlar tegishli ro‘yxatga kiritilmagan.
O‘zbekistondagi emlash punktlari ro‘yxati:
22-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 945 130 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 572 483 dozasi ikkinchi va 592 938 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 779 709 kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)