Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Tokiodagi sessiyasida oltita xalqaro sport federatsiyasi qo‘mita a’zoligiga qabul qilindi.
Sambo xalqaro federatsiyasi (FIAS), Xalqaro cherliding ittifoqi (ICU), Xalqaro muay-tay assotsiatlari federatsiyasi (IFMA), Xalqaro aysshtoksport federatsiyasi (IFI), Butunjahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO), Butunjahon lakross federatsiyasi (WL) XOQning ro‘yxatidan o‘tdi.
Shu tariqa sambo, cherliding, muay-tay, aysshtok (qishki sport turi), kikboksing va lakross keyingi Olimpiya o‘yinlari sport turlari ro‘yxatidan o‘rin olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 8-avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi 17 ta sport turi bo‘yicha 65 ta yo‘llanmaga ega bo‘lgan.
Izoh (0)