Joriy yilning 20-iyul kuni Namangan viloyati hududida yog‘gan kuchli jala oqibatida Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi ayrim xonadonlar ham jiddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Tumanning “Yuksalish” mahallasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uy yerto‘lasida suv to‘planganligi sababli bu uylarda yashovchi 100 nafar fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Hozirda yerto‘lalarda to‘plangan suvlarni yong‘in-qutqaruv avtomobillari va suv tortish nasoslari — motopompalar orqali tortish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Shuningdek, tumanning “Yelixon” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shishaki soyi yaqinida joylashgan 7 ta xonadondagi 32 nafar fuqaro ham xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Evakuatsiya qilinganlarga boshpanadan tashqari kiyim-bosh va issiq ovqat berilgani aytilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Yuksalish” mahallasidagi uylari va tomorqalarini suv bosgan xonadonlarda turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida Davlatobod tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov