Daryo

Namanganda sel oqibatida ikkita ko‘prik shikastlandi

Ko‘priklarda harakat cheklandi

1 daqiqa o‘qish44 972 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Namangan viloyatida ikki ko‘prikka sel oqibatida shikast yetdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: YHXBB

Ob-havo o‘zgarib, yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Kosonsoy tumani tomonidan sel toshqini kelib, Namangan shahar hududidan o‘tgan 4R-117 To‘raqo‘rg‘on–Namangan–Chortoq avtomobil yo‘lining 15-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetgani sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat to‘liq cheklandi.

Shuningdek, 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘li avtomobil yo‘lining 73-kilometrida joylashgan “Tashlama” ko‘prigiga zarar yetgani sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama tashkil etilgan) cheklandi.

Foto: YHXBB

Bundan avval Namanganda kuchli jala kuzatilgani hamda Shahrisabz tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi Ko‘l qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lning 10 soat yopilib qolganiga izoh bergani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar