Hafta davomida olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Meksika dengiz floti a’zosi Mexiko shahridagi sport saroyida COVID-19 emlash tadbirida qo‘riqchilik qilmoqda.

Foto: AFP

Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Suratda: Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu hamda Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad Uimblondskiy.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parijdagi Eyfel minorasida Bastiliya qulashi kuni sharafiga uyushtirilgan mushakbozlik.

Foto: Getty Images

Maktab ta’tilida Vestminster ibodatxonasining xorchilari futbol o‘ynamoqda.

Foto: “TASS”

Xitoydagi akvaparkda dam oluvchilar suv yordamida yuqoriga ko‘tariluvchi moslama bilan harakatlanayotgan odamni tomosha qilmoqda.

Foto: Getty Images

Xitoyning Taychou shahri yaqinidagi qishloqda o‘tlar quritilmoqda.

Foto: Getty Images

Jazirama oqibatida Kaliforniya o‘rmonlari hafta davomida olov ichida qoldi. Yong‘in maydoni kengayib aholi turar joylarigacha yetib bordi.

Foto: AP Photo

AQShning Kolorado shtatidagi Rodeo musobaqasi. Ushbu ekstremal sport turi Ispaniya va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan.

Foto: Getty Images

Kosonsoyga kelgan sel vaqtida soy o‘rtasida qolib ketgan odamlar. Sel oqibatida vafot etganlar soni 9 nafarga yetdi.

Foto: Telegram / Kosonsoy

Londonda “Qilich va toj” musiqiy sahna ko‘rinishining repetitsiya jarayoni ketmoqda.

Foto: Getty Images

Manchesterdagi futbolchi Markus Rashford aks etgan devor oldida Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun tiz cho‘kayotgan kishi. Rashford va futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasidagi yana ikki qora tanli futbolchi jamoaning Yevro-2020 finalida Italiyaga qarshi penaltilar seriyasida gol urolmaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda irqchilik aks etgan haqoratlar nishoniga aylandi.

Foto: Getty Images

Yevropaning yana bir mamlakati – Shimoliy Makedoniyada ham jazirama ob-havo kuzatilmoqda. Aholi salqinlanish uchun suv havzasi va daryolar yaqinida to‘planmoqda.

Foto: EPA

Efiopiyaning Dabat qishlog‘i yaqinidagi Eritreya qochqinlari uchun bo‘lajak lager joylashadigan joyda daraxt ostida turgan bolalar.

Foto: AFP

Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasining muxlislari Yevro-2020 finalida Angliyaga qarshi o‘yindagi g‘alabadan keyin Rimda bayram qilmoqda.

Foto: Shutterstock

Kanadaning Kalgari shahrida o‘tkazilayotgan rodeo musobaqasining amerikalik qatnashchisi.

Foto: Reuters

Gavanada Kuba prezidenti Migel Diaz-Kanelga qarshi namoyish paytida ko‘chada ag‘darilgan politsiya mashinalari. Minglab kubaliklar bu hafta kommunistik hukumatga qarshi kamdan kam uchraydigan norozilik namoyishlarida qatnashib, “biz ozodlikni istaymiz” shiorlari bilan shahar bo‘ylab namoyish o‘tkazdi.

Foto: AFP

Eronning Tehron shahrida jazirama oqibatida elektr energiyasidagi uzilishlari sabab sham yorug‘ida ovqatlanayotgan odamlar.

Foto: Getty Images

Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Jeykob Zumaning qamoqqa olinishi ortidan tartibsizlik avj oldi. Suratda: odamlar yonayotgan ombor yaqinidagi hududni talon-toroj qilmoqda.

Foto: Reuters

Tour de France velopoygasining 14-bosqichida Karkasson va Kvilan shaharlari o‘rtasida harakatlanib ketayotgan sportchilar.

Foto: AFP

Rossiyaning Sankt-Peterburg markazidan o‘tgan kanalda stend-taxtalar bilan harakat qilayotgan odamlar.

Foto: AP Photo

Britaniyalik milliarder Richard Branson va ekipajni o‘z ichiga olgan Virgin Galactic kompaniyasining raketasida harakatlanadigan VSS Unity yo‘lovchi kosmik samolyoti Spaceport America fazoportidan ilk parvozini amalga oshirdi.

Foto: Reuters

Chamonix Guides Company a’zolari Mont Blan tog‘i yaqinidagi Fransiya va Italiya o‘rtasida joylashgan cho‘qqini zabt qilmoqda.

Foto: AFP

G‘arbiy Yevropada sodir bo‘lgan kuchli yomg‘ir va toshqinlardan so‘ng Belgiyaning Verviyer shahrida suv oqizib ketishi natijasida to‘qnashgan mashinalar.

Foto: AFP

Pokistonlik savdogar buqani Qurbon hayiti arafasida bozorga olib borish maqsadida uy tomidan pastga tushirish uchun krandan foydalanmoqda.

Foto: Getty Images

Shankill Protestant Flute guruhi barabanchisi Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida har yili o‘tkaziladigan 12-iyul marshida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Sariq furbolka kiyib olgan BAAning Emirates jamoasi vakili sloveniyalik Tadej Pogachar Tour de France’ning 17-bosqichida marraga yetib kelayotganini nishonlamoqda.

Foto: AFP

Livanda politsiyachi 2020-yili Bayrut dengiz portida sodir bo‘lgan kuchli portlashda halok bo‘lganlarning qarindoshlari tarafdorini kaltaklamoqda. Mamlakatda o‘sha voqeadan beri hukumatga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilib kelinadi.

Foto: AP Photo