O‘zbekistondagi akademik litseylarda dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlar sentabr oyida o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Foto: “Daryo”

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishining to‘xtatilishi munosabati bilan akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi 2021-yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishning aniq muddatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy veb-sayti “edu.uz” hamda @eduuz Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.