• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi

    O‘zbekiston Prezidenti 24-iyun kuni “2021/2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hujjatga ko‘ra, 2021/2022-o‘quv yili qabulidan boshlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantiriladi.

    2021/2022-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

    a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

    • kunduzgi ta’lim shakliga — 113 530 nafar (o‘tgan yili — 103 575);/li>
    • sirtqi ta’lim shakliga — 37 675 nafar (31 350);
    • kechki ta’lim shakliga — 6 550 nafar (5 025);
    b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 12 900 nafar (10 425);

    v) filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha — 500 nafar etib tasdiqlandi.

    Filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

    Filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi—talaba—oliy ta’lim tashkiloti) shartnoma tuziladi.

    Filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar kadrlar buyurtmachisi bilan shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi.

    Davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning o‘qitish xarajatlari kadrlar buyurtmachilari tomonidan Davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

    Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yilning 22-iyunidan 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

    Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

    Samarqand viloyati Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ta’lim tizimida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish maqsadida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan mazkur tuman uchun qo‘shimcha 100 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

    Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

    Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.

    2021/2022-o‘quv yili qabulida:

    • davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
    • magistratura (klinik ordinatura)ga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
    • magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
    • abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
    Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yili qabulidan boshlab:
    • abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
    • qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
    • xorijiy fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
    • magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
    Qarorda 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta’lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

    Avvalroq O‘zbekistonda kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti berilishi, abituriyentlar cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda oliygohlarga kirish uchun topshiriladigan test sinovi fanlar majmuasi tasdiqlandi
    • DTM O‘zbekistonda 2019-yilgi test sinovlarida abituriyentlardan qariyb 900 mln so‘m ortiqcha to‘lov undirilganiga izoh berdi

    24.06.2021, 09:10   Izoh (0)   25758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qahramonlar. Aviahalokatda, Tojikistondagi urush sabab, Andijondagi teraktlar vaqtida va boshqa hodisalar oqibatida halok bo‘lgan o‘zbek militsionerlari

    24.06.2021, 08:40

    O‘zbekistonda banklararo tranzaksiyalar miqdori 911 trln so‘mni tashkil etdi

    24.06.2021, 08:24

    Buxoroda Xitoy fuqarosining 60 ming dollar, 20 ming yuan va 56 mln so‘m pullarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

    24.06.2021, 08:08

    O‘zbekistonda 2021-yilda 140 mingdan ortiq ishsiz yoshlar biznesga yo‘naltirilishi ma’lum qilindi

    24.06.2021, 07:48

    Fotoreportaj: Farg‘ona viloyatining eng mashhur turistik maskani — Shohimardonda sayyohlik mavsumi boshlandi

    24.06.2021, 07:28

    Buxoroning tarixiy markazida mehmonxona qurilishi boshlandi, ammo bu ovoza bo‘lgach, qurilish to‘xtatildi

    24.06.2021, 07:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.