O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021-yilning 28-iyunidan respublika bo‘yicha ko‘ngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona va choyxonalarning ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat berilgan edi.
Qayd etilishicha, shu yilning 20-iyulidan boshlab, umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 08:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi.
Bundan avval O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangani, O‘zbekistonda OTMlarga kirish test sinovlari ham ochiq maydonlarda o‘tkazilishi hamda O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qilishi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)