O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Imron Xon 15-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston va Pokiston davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari ham hozir bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qilgani, Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya doirasida Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.