• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvadagi ommaviy mushtlashuv Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida yuz bergan. Ular Rossiyadan deportatsiya qilinadi

    Moskvaning “Kuzminki” metro bekati yaqinida 180 dan ortiq kishi ishtirokida sodir etilgan ommaviy mushtlashuv Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida kelib chiqqan. Bu haqda “REN TV” telekanali xabar berdi.

    Foto: VK

    Foto: VK

    Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mushtlashuvdan avval Moskvada mehnat muhojirlari o‘rtasida ikki marta to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan. Xususan, voqeadan sal oldin Podmoskvyedagi Ximki shahrida janjal kelib chiqqan. U yerda Tojikiston fuqarolari Markaziy Osiyo respublikalaridan kelgan bir necha kishini kaltaklagan. Keyinchalik 11-iyul kuni yana bir mojaro yuz bergan, unda Tojikistondan kelgan muhojirlar Qirg‘izistonning uch nafar fuqarosini kaltaklagan. Uchalasi ham kasalxonaga yotqizilgan.

    O‘z navbatida Butunrossiya Qirg‘iziston Kongressining Moskva hududi bo‘limi rahbari Marsel Salaxunov “Kuzminki” yaqinidagi ommaviy mushtlashuvdan oldin yana bir mojaro sodir etilganini tasdiqladi.

    Uning ta’kidlashicha, mojaro sof maishiy xususiyatga ega bo‘lgan. Yigitlar bilyard o‘ynab, bir-biri bilan nimanidir kelisha olmagan.

    Salaxunovning qo‘shimcha qilishicha, qirg‘iz va tojik diasporalari vakillari respublikalar aholisini tinchlik saqlashga chaqiruvchi qo‘shma bayonot berishni rejalashtirmoqda.

    Dastlab janjal O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilgandi. O‘zbekiston Tashqi migratsiya agentligi Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi va mojaroda o‘zbekistonliklar ishtirok etmaganini ma’lum qildi.

    Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskvadagi bosh boshqarmasi xabar berishicha, “Kuzminki” metrosi yaqinidagi janjal ishtirokchilari sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuboriladi.

    “Ushbu chet el fuqarolariga sud qarori bilan ma’muriy jarima solish bilan birga ular Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuboriladi. Shuningdek, bir qator shaxslarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishga ruxsat bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.

    Xabarda qayd etilishicha, janjaldan so‘ng mojaroda qatnashgan 103 kishi hududiy politsiya bo‘limlariga olib ketilgan. Hibsga olinganlarga nisbatan Rossiyada bo‘lish rejimining buzilishi, mayda bezorilik, yig‘ilish, miting, namoyish, yurish yoki piket tashkil etish yoki o‘tkazish tartibining buzilishi sabablari bilan bayonnomalar tuzilgan.

    Shuningdek, mushtlashuvdan so‘ng politsiya Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan. Ushbu modda bo‘yicha jinoyat 1 million rubl (143, 4 million so‘m)gacha jarima yoki besh yilgacha majburiy mehnat yoki yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    “Hozirda politsiya xodimlari voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazmoqda. Uning natijalari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.

    Mavzuga doir:

    • Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuv sodir etdi. Mojaro O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida chiqqani aytilmoqda (video)
    • Tashqi migratsiya agentligi Moskvada muhojirlar ommaviy mushtlashuvida o‘zbekistonliklar ishtirok etmaganini ma’lum qildi
    • Moskvadagi kafeda Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

    14.07.2021, 19:27   Izoh (0)   32697
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk Fransuz inqilobining boshlanishi. 14-iyul Bastiliya qulagan kun

    14.07.2021, 19:00

    “Tolibon”dan qochgan 80 ga yaqin afg‘onistonlik Tojikiston hududiga o‘tdi

    14.07.2021, 18:40

    OAV: Afg‘oniston hukumati vakillari Dohada “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazadi

    14.07.2021, 18:09

    Delta-shtamm 111 ta mamlakatda aniqlandi, Rossiyada o‘smirlarni emlash sentabrda boshlanadi. Koronaxabarlar

    14.07.2021, 16:25

    BMT: Afg‘oniston gumanitar falokatga yaqinlashmoqda

    14.07.2021, 15:26

    “Tolibon” Turkiyani Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib ketishi haqida qat’iy ogohlantirdi

    14.07.2021, 13:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

    O‘zbekiston | 27 avgust, 00:10

    Farg‘onada ona-bola giyohfurushlar qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:55

    Suriya prezidenti o‘zini ISHIDning asosiy qurboni deb atadi

    Dunyo | 26 avgust, 23:40

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.