Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida voyaga yetmagan bolalar “KamAZ” yuk mashinasini boshqargani to‘g‘risida xabar berilgandi. IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu yuk mashinasi yigitlardan birining amakisiga tegishli bo‘lgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.

Kadr: Videodan skrinshot

Kadr: Videodan skrinshot

8-iyul kuni davlat raqami belgisiz “KamAZ” rusumli yuk mashinasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-103 avtomobil yo‘lining Qiziriq tumanidan o‘tgan 17-kilometrida to‘xtatilganida uni maktab o‘quvchisi boshqarib ketayotgani aniqlangan. “Haydovchi” o‘zini 13 yosh ekanligi, “KamAZ”ni haydashni bilishi, o‘zi Sheroboddagi 72-maktab o‘quvchisi ekanligi, bu yil 6-sinfga o‘tishi, hozirda ta’tilda ekanini aytgan. Shuningdek, salonda uning 16 yoshli sherigi ham bor bo‘lgan, ular birgalikda “KamAZ”da Qiziriq tumaniga g‘isht tashib kelgan.

Yigitchaning otasi so‘zlariga ko‘ra, “KamAZ” bolaning amakisiga tegishli va u yuk mashinasi qarovsiz qolganidan foydalanib, uni o‘zboshimchalik bilan minib chiqib ketgan.

“Ichki ishlar xodimlari biz bilan profilaktika suhbat o‘tkazishdi. Bundan keyin imkon qadar farzandimni qarovsiz qoldirmaymiz”, — deydi bolaning otasi.

“KamAZ” egasining ta’kidlashicha esa o‘sha kuni yuk mashinasi g‘isht zavodida bo‘lgan va yigitchaning “KamAZ”ni haydab chiqib ketganidan xabardor bo‘lgan.

“Ozgina mazam yo‘q edi, shuning uchun majbur bo‘ldim”, — deydi haydovchi. Qayd etilishicha, “KamAZ” haydovchisiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit boshqaruvidagi Nexia pastlikka tushib ketishi oqibatida mashina ichida bo‘lgan 17 yoshli qiz voqea joyida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi