• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda jamoat joylarida ibodat libosida yurishga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

    O‘zbekiston Prezidenti 5-iyul kuni yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yilning 4-may sanasida, Senat tomonidan esa 26-iyunda qabul qilingan edi. Qonun matni va uning sharhi “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur qonun vijdon erkinligi me’yorlarini aniq ko‘rsatib, fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, har qanday dinga zo‘ravonlik bilan kiritishni taqiqlaydi.

    Demokratik davlatlar qatorida, qonun ustuvorligi tamoyilidan kelib chiqib O‘zbekistonda ham dinning siyosatga aralashishi hamda dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi qonunda aniq ko‘rsatib o‘tilgan.

    Qonunni tayyorlashda shu boradagi xalqaro me’yor va talablar, birinchi navbatda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining umumiy tartibdagi sharhlari puxta o‘rganilib, ulardagi asosiy qoida va tamoyillar inobatga olingan.

    Tarixan shakllangan an’ana, urf-odat va qadriyatlarni inobatga olgan holda, qonunda — Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar ekspertlari tomonidan berilgan tavsiyalar o‘z aksini topgan.

    Qonun bir nechta muhim yangiliklar va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishni o‘z ichiga olgan:

    Birinchidan, “Qonun asosida diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish bilan bog‘liq tartib soddalashtirilmoqda”.

    Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar va boshqa konfessiyalarning ibodatxonalarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo‘lmagan holda etib belgilandi. Shuningdek, diniy tashkilotning markaziy boshqaruv organi va diniy ta’lim muassasalarini tuzish uchun ham 100 nafar tashabbuskor bo‘lishi haqidagi talab bekor qilindi.

    Diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar to‘liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi joriy etildi.

    Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya idoralariga taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqardi, ularni ko‘rib chiqishning muddati esa 3 barobarga kamaydi, ya’ni 3 oydan 1 oyga tushirildi. Bu bilan ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi.

    23-moddada diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslari belgilanib, unda ko‘rsatilmagan asoslarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanadi.

    Shu bilan birga, diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi, ro‘yxatdan o‘tkazadigan va boshqa davlat organlari bunga haqli emasligi, mansabdor shaxslarning muayyan diniy tashkilot qonuniy manfaatlarini buzuvchi xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilinganda diniy tashkilot davlat bojini to‘lashdan ozod etilishi kabi qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutildi. Bu ham ilgari tariximizda bo‘lmagan mexanizmlardir.

    Ikkinchidan, “diniy ta’limning professional maqomi rasman e’tirof etildi, O‘zbekiston fuqarolarining, dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, dunyoviy ta’lim olish huquqi ta’minlanishi qayd etildi”.

    Har qanday shaxsning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi — noan’anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib keladi. Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘ladi. Shu maqsadda, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilandi.

    Uchinchidan, amaldagi qonunchilik hujjatlarida “ibodat libosi” tushunchasining huquqiy ta’rifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq qonundan chiqarib tashlandi.

    Shu bilan birga, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.

    To‘rtinchidan, diniy tashkilotni tuzish uchun talab etib kelingan MFY roziligini olish tartibi bekor qilindi. Diniy tashkilot tuzish tashabbuskorlari ortiqcha xat-hujjatlarni yig‘ishdan xalos bo‘ldilar.

    Beshinchidan, bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston hududida buzg‘unchi g‘oyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolmoqda.

    Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ‘ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo‘yildi.

    “Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun normalari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo‘llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar keltirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi. Negaki, qonun atamalarining noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi”— deyiladi sharhda.

    Qayd etilishicha, ushbu qo‘shimchalar jamiyatda turli konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, yuz berishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

    Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga huquqiy jihatdan aniqlik kiritilgan.

    Shuningdek, qonun bilan belgilab qo‘yilayotgan vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi asosiy ustuvorliklar konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlash, shuningdek, aholi ongi va qalbiga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashishni nazarda tutadi.

    “Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymiz, O‘zbekiston — ko‘p konfessiyali mamlakat. Unda istiqomat qiladigan 130 dan ortiq millat va elat vakillari 16 konfessiyaga amal qiladi. Ularning o‘zaro tinch, totuv va hamkor faoliyat ko‘rsatishi Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligini ta’minlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

    Qonunda fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish va jamiyatda tinch-totuvlikni ta’minlashga, fuqarolarning munosib hayot kechirishiga shart-sharoit yaratishga davlatning kafil ekani qayd etildi.

    Mazkur qonun diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.

    Mavzuga doir: “O‘zbekistonda missionerlik faoliyati bejiz taqiqlanmagan” — Adliya vaziri yaqin tarixdagi diniy erkinliklarni cheklash bilan bog‘liq muammolar haqida

    06.07.2021, 11:43   Izoh (0)   27788
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi

    06.07.2021, 11:25

    SSV pnevmoniya statistikasini e’lon qilishni boshladi. O‘zbekistonda 5-iyul kuni 172 kishida pnevmoniya, 496 kishida koronavirus tasdiqlangan

    06.07.2021, 10:54

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni salkam 2,5 mln kishiga yetdi

    06.07.2021, 10:42

    Abdulla Aripov lotin yozuvidagi alifboga o‘tishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

    06.07.2021, 10:27

    “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida koronavirusga chalinganlar uchun 750 o‘rinli taqsimlash markazi ish boshlamoqda

    06.07.2021, 10:10

    Xorazmda 48 kilogrammdan oshiqroq kannabis o‘simligini parvarishlab kelgan shaxs aniqlandi

    06.07.2021, 09:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.