Yulduzlar odatda qimmatbaho mashinalardan foydalinishi tabiiy holdek tuyiladi. Ammo ularning orasida jamoat transportidan foydalanadiganlari ham bor. Garchi yaxshigina gonorar olsa ham, hashamatdan voz kechgan yulduzlar bilan tanishing.

Shon Konneri

Foto: Cosmopolitan

Shon Konneri ishtirokidagi so‘nggi film 2013-yilda “Taniqli janoblar ligasi” hamda “Ser Billi” multfilmining ovozlashtirish jarayoni bo‘lgan. Shundan keyin XX asrning buyuk aktyori o‘zini erkin tutgan. U sevimli “Reynjers” futbol klubining o‘yinlariga borar, oilasi bilan maroqli vaqt o‘tkazib, televizor tomosha qilardi.

Kianu Rivz

Foto: Cosmopolitan

52-yoshli Kianu tez-tez metrodan foydalanadi. Uning kiyimlari oddiy, uy sotib olmaydi, ko‘p vaqtini mehmonxonada o‘tkazadi, shuningdek, yo‘l bo‘yidagi kafelardan gamburger iste’mol qiladi. Uning yordamchilari va qo‘riqchilari yo‘q. Aktyor hattoki uysiz odamning yonida ham kunini o‘tkazgan, u bilan birgalikda burger tanovul qilib, suhbatlashgan. Kianu shu tarzda yulduzlik kasaliga chalinmagan inson ekanini isbotlagan.

Shu bilan birga, Kianu xayrli ishlarni ham yaxshi ko‘radi. 2003-yilda aktyor “Matritsa” filmidan olgan 80 million dollar gonorarini dizaynerlar hamda filmning maxsus effektlari uchun mas’ul bo‘lgan jamoaga bergan. 12 ta kaskadyorga esa yangi mototsikl sovg‘a qilgan.

Naomi Uotts

Foto: Cosmopolitan

Suratga olish maydonchasida malika – aslida esa oddiy ona. Aktrisa turmush o‘rtog‘i – Liv Shrayber bilan oddiy oziq-ovqat do‘konidan xarid qiladi, shahar xiyobonida velosipedda sayr qiladi. Gohida Naomi o‘g‘li Sasha va Samuelni maktabga metro bilan olib boradi.

Robert Pattinson

Foto: Cosmopolitan

Jamoat transportidan foydalanuvchi yana bir mashhur yulduz. Albatta, uning mashinasi ham bor. Ammo aktyor ko‘pincha avtomobili buzilishidan shikoyat qiladi. Robert bayramlarni ham kamtarona nishonlaydi. Yangi yil kechasida ham do‘sti bilan arzon klubga bordi va uyiga avtobusda qaytdi.

Kira Naytli

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa har yili xarajatlari uchun ma’lum miqdorda pul belgilaydi. Masalan, 2012-yil 50 ming dollar edi. Aktrisa do‘sti va qarindoshlari davrasida musiqachi Jeyms Rayton bilan nikohini kamtarona tarzda o‘tkazgan. Nikoh oqshomida aktrisa Chanel’dan oq libos kiygan.

Mark Sukerberg

Foto: Cosmopolitan

Facebook asoschisi Sukerberg yaxta ziyofatlari o‘rniga hovlida barbekyuni ma’qul ko‘radi. Shuningdek, uni olomon orasida oddiy jinsi shim va futbolkada ko‘rish mumkin. Buning uchun u bir necha bor eng yomon kiyingan taniqli shaxslar ro‘yxatiga kirgan. Uy sotib olayotganda dasturchi kredit to‘lovlarini oyiga 2000 dollarga kamaytirib, pul tejashga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, Sukerberg sayohat qilganida arzon yo‘nalishni tanlaydi. O‘rta darajadagi mehmonxonalarni tanlab, arzon restoranlarda ovqatlanadi. Umuman olganda, Sukerberg maoshini orzu qiladigan odamlar kabi mablag‘ni tejaydi. Biroq bu bilan Markni ziqnalikda ayblab bo‘lmaydi, u doimo daromadini xayriya ishlariga sarflaydi. Mark va uning rafiqasi Prissilla Chan hayoti davomida Facebook aksiyalarining 99 foizini xayriyaga bag‘ishlashga va’da bergan.