Daryo

Badavlat oilalarda tug‘ilib o‘sgan mashhurlar (foto)

Alsu 10 yoshidan boshlab AQSh, Daniya va Shveysariyada ta’lim olishga muvaffaq bo‘lgan

2 daqiqa o‘qish92 344 ko‘rishlar0 izoh0

Aksariyat yulduzlar hayotiga nazar tashlansa, juda kambag‘al yoki o‘rtahol oilalarda dunyoga kelgan bo‘ladi. Va aynan ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechirgani uchun ham kelajakda badavlat odam bo‘lishga intiladi. Lekin bugungi qahramonlar taniqli yulduz bo‘libgina qolmay, ular badavlat oilalarda tug‘ilib o‘sgan.

Timati

Foto: Grazia

Timati nomi bilan mashhur bo‘lgan Timur Yunusov tadbirkor Ildar Yunusov oilasida dunyoga kelgan. 13 yoshidan AQShga o‘qish uchun ketgan Timur uyga vazifalarni bajarish o‘rniga hip-hop madaniyatini o‘zlashtirdi. Obro‘li universitetdagi o‘qishini tashlab, Moskvaga qaytgan yigit turli xil tadbirlarni tashkil eta boshlagan. Keyinchalik Timati barchasiga o‘zi erishganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, muxlislar uning oilaviy tarixini eshitib, xonandaning aytganlariga ishonmadi.

Yegor Krid

Foto: Grazia

Yegor Krid ham ko‘p daromad topuvchi oilada dunyoga kelgan. Xonandaning otasi penzalik ishbilarmon va Rossiyaning yetakchi qandolat korxonalari uchun yong‘oq yetkazib beradigan “Unitron” kompaniyasining egasi. Yegorning onasi turmush o‘rtog‘i bilan birga ishlaydi, ammo o‘g‘il oilaviy biznesni davom ettirmagan. U yoshligidanoq musiqaga qiziqib kelgan. Ota-ona yaka-yu yagona merosxo‘rining sevimli mashg‘ulotini qo‘llab-quvvatlaydi va uning yutuqlari bilan sevinadi.

Emin Agalarov

Foto: Grazia

Crocus Group prezidenti Aras Agalarov bir necha bor Rossiyaning eng boy odamlaridan biri sifatida tan olingan. Tadbirkorda o‘nlab yirik ko‘chmas mulk loyihalari mavjud bo‘lib, ularni ko‘pincha o‘g‘li Emin boshqaradi. Ammo kichik Agalarovning asosiy qiziqishi musiqada. Amerika va Shveysariyada moliya bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan Agalarov o‘zini ijodga bag‘ishlashga qaror qilgan va juda mashhur qo‘shiqchi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Kseniya Sobchak 

Foto: Grazia

Teleboshlovchi hamda siyosatchi Kseniya ham juda badavlat oilada tug‘ilib o‘sgan. Uning vafot etgan otasi Sankt-Peterburgning birinchi va yagona meri Anatoliy Sobchak, onasi esa senator Lyudmila Narusova. Kseniyaning so‘zlariga ko‘ra, merning qizi maqomi uning bolaligida o‘chmas iz qoldirgan va boshqalar bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga xalaqit bergan. Keyinchalik ota-onasi ko‘magida o‘z karyerasiga ega bo‘lgan.

Alsu

Foto: Grazia
Xonanda Alsuning otasi ham uzoq vaqt mobaynida Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida bo‘lgan. Ralif Safin nafaqat muvaffaqiyatli menejer, “Lukoyl” neft kompaniyasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan, 12 yil davomida Federatsiya kengashi a’zosi bo‘lgan siyosatchidir. Alsu esa 10 yoshidan boshlab AQSh, Daniya va Shveysariyada ta’lim olishga muvaffaq bo‘lgan. 15 yoshida esa ilk taronasi uchun klip chiqargan va darhol mashhurlikka erishgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar