Ilon Mask tomonidan 11-iyun kuni taqdim etilgan yangi Tesla Model S Plaid harakat vaqtida yonib ketdi. Mashina egasi baxtli tasodif tufayli omon qolgan — yong‘in sabab mashina elektronikasi ishdan chiqqan va eshiklar yopilib qolgan. Erkak salondan chiqish uchun eshikni buzishga majbur bo‘lgan, shu bilan birga, elektrokar harakatlanishni davom ettiravergan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Gladwyne fire department

Reuters agentligini yozishicha, elektrokar egasi mashinani sotib olganiga uch kun bo‘lgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, mashina tom ma’noda olovli sharga aylangan, biroq yong‘in yuzaga kelsa ham harakatlanishni davom etib, 12 metr yo‘l bosgan. Ko‘ngilsiz hodisa aholi yashaydigan hududda sodir bo‘lgan, ammo hech kimga, jumladan, haydovchiga ham jarohat yetmagan.

Foto: Gladwyne fire department

Eng kuchli Tesla elektrokari 11-iyun kuni kompaniyaning Frimontdagi korxonasida bo‘lib o‘tgan Delivery Day marosimida taqdim etilgan edi. Ilon Mask avtomobil uchtalik motordan tashqari, yangi termoregulyatsiya tizimiga ega bo‘lganini va u oddiy Model S’ga xos bo‘lgan qizib ketishlarga bardoshli ekanini ma’lum qilgandi.

Nuqsonli elektrokar egasi Tesla bosh direktorining so‘zlariga qo‘shilmaydi va kompaniyani ko‘ngilsiz hodisa bo‘yicha jiddiy tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan. AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy administratsiyasi ushbu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Idora vakillarining ta’kidlashicha, hozirda ular o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda, ishlab chiqarishda ommaviy nuqson aniqlansa, tegishli choralar ko‘riladi.

Foto: Gladwyne fire department

Avvalroq Tesla Model S Plaid’ning g‘ayrioddiy ruli shahar sharoitida boshqarishda juda noqulay bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: Gladwyne fire department

Foto: Gladwyne fire department

Foto: Gladwyne fire department

Foto: Gladwyne fire department

Foto: Gladwyne fire department