Daryo

Tesla Model S Plaid’ning g‘ayrioddiy ruli shahar sharoitida boshqarishda juda noqulay bo‘lib chiqdi

E’lon qilingan videolarning birida rulni burayotgan haydovchi tasodifan signalga javob beradigan tugmani bosib yuborganini ko‘rish mumkin

1 daqiqa o‘qish24 496 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tesla

Barcha davrlarning eng tezkor seriyali avtomobili deya e’tirof etilayotgan Tesla Model S Plaid’ning ilk xaridorlari ijtimoiy tarmoqlarga mashinaning noodatiy interyeriga oid videoroliklarni joylashtirishni boshladi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Tesla

Model S Plaid’ning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu uning “Formula-1” poyga mashinalariga o‘rnatiladigan shturval ko‘rinishidagi yangi ruli hisoblanadi. Yangi rul barchaga ham ma’qul kelmagan. Ta’kidlanishicha, bu kabi rul shahar sharoitida boshqarishda va bir necha bor burish talab etiladigan avtoturargohlarda juda noqulaylik tug‘dirmoqda.

https://twitter.com/SnazzyQ/status/1403981275090669571

E’lon qilingan videolarning birida rulni burayotgan haydovchi tasodifan signalga javob beradigan tugmani bosib yuborgan. Bundan tashqari, avtomobilning burilish va yoritish tizimlarini boshqaruvchi rul osti richaglari ham yo‘q. burilish chiroqlariga ham ruldagi tugmalar javob beradi. Bunga ko‘nikish esa oson emas.

Avvalroq Tesla kompaniyasi o‘zining eng qimmat mashinasi Model S Plaid Plus’ni ishlab chiqarishni to‘xtatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Ilon Mask Tesla Model S’ning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Mashinada Cyberpunk o‘ynash mumkin, Stiven King esa uni sotib olishni xohlab qoldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar