Marvel kinoolami yulduzi Don Chidl Entertainment Weekly’ga bergan intervyusida Stiven Soderberg bilan “Oushenning 11 do‘sti”ning yana bir qismi haqida gaplashgani va u buni qanday amalga oshirish bo‘yicha bosh qotirayotganini ma’lum qildi. Chidlning so‘zlariga ko‘ra, rejissorning film uchun yangi g‘oyasi bor, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Bu haqida gaplashganmiz [“Oushenning 13 do‘sti”dan keyin], ammo o‘shanda Berni Mak vafot etgandi va biz darhol ‘Yo‘q, buni aniq qilishni xohlamaymiz’ degan qarorga kelgandik. Ammo yaqindagina Stivenning filmida suratga tushdim va u ‘Buni yana amalga oshirish yo‘li bor deb o‘ylayman. Buning ustida bosh qotirayapman’ dedi”, — ta’kidlaydi aktyor.
Shuningdek, Chidlning qo‘shimcha qilishicha, bu boradagi suhbat u qadar chuqurlashmagan va u filmda kimlar paydo bo‘lishini bilmaydi, biroq taxminlarga ko‘ra, asosiy tarkib baribir qaytadi. Uning o‘zi filmda portlashlar bo‘yicha britaniyalik mutaxassis Basher rolini ijro etgan. Bundan tashqari, kartinada Jorj Kluni, Bred Pitt, Mett Deymon va boshqalar suratga tushgan.
Film birinchi bor 2011-yilda prokatga chiqqan va shundan so‘ng, ikkita sikveli, shuningdek, “Oushenning 8 dugonasi” nomli spin-off paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)