Warner Bros. studiyasi “Oushenning 11 do‘sti” filmi spin-offi — “Oushenning sakkiz dugonasi” filmining birinchi treylerini taqdim etdi, deya xabar bemoqda Meduza.

Unda bosh rollarni aktrisalar Sandra Bullok, Keyt Blanshett, Enn Xeteuey, Mindi Keyling, Sara Polson, Akvafina, Rianna va Helena Bonem Karter ijro etgan.

Film syujetiga ko‘ra, Debbi Oushen (Sandra Bullok) Dafni Klyuger (Enn Xeteuey)ning juda qimmatbaho taqinchog‘ini o‘g‘irlash uchun o‘ziga sherik to‘playdi. O‘g‘rilik Libos institutining Met Gala bal oqshomi vaqtida amalga oshirilishi kerak.

Treylerning ruscha tarjimasi:

“Oushenning sakkiz dugonasi” rejissor Geri Ross tomonidan suratga olingan. Film 2018-yil iyunida prokatga chiqadi.