Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qaysi mahsulotlar jigar faoliyatini yaxshilashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Sabzavotlar

Sabzavotlarning rangi tabiiy antioksidant hisoblangan karotinoidga bog‘liq bo‘ladi. Sabzavot qanchalik yorqin rangli bo‘lsa, unda foydali moddalar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Jigar hujayralarini erkin radikallardan himoya qiladigan antioksidantlar yallig‘lanish jarayonining oldini olishi bilan o‘ziga xosdir. Shu bilan birga, ular qarish jarayonini ham sekinlashtiradi. Aynan shu sabab ham ratsionga qizil va olovrang mevalar, masalan, qovoq, sabzi va bulg‘or qalampirini qo‘shish tavsiya qilinadi.

Gulkaram

Ushbu mahsulot nafaqat jigar, balki butun organizm salomatligi uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallarning konidir. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish jigar faoliyatini jadallashtiradi, natijada safro faol ajralib, organizmdan shlaklarni chiqarib yuboradi. Parhez mahsulot hisoblangan gulkaramni semirib ketishdan qo‘rqmay iste’mol qilish va ratsionga qo‘shish mumkin.

Avokado

Tarkibida antioksidantlar, vitamin va foydali yog‘ kislotalari bisyor bo‘lgan avokado ham jigar uchun foydali. U jigar hujayralarini mustahkamlab, ularning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Glutation antioksidanti esa jigar faoliyatini yanada yaxshilaydi.

Suli yormasi

Suli yormasi katta miqdordagi kletchatka va jigar hujayralarining zararlanishi hamda surunkali kasalliklarning kelib chiqish ehtimolini kamaytiradigan beta-glyukanning koni sanaladi. Shu bilan birga, oshqozon-ichak trakti, miya faoliyati hamda vaznning me’yorda bo‘lishiga ham samarali hissa qo‘shadi. Sekin hazm bo‘ladigan uglevodlarga boyligi sabab uzoq vaqt davomida to‘q tutadi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Quritilgan mevalar

Jigarning me’yoriy faoliyati uchun muhim bo‘lgan glyukoza, vitaminlar va minerallar tarkibida qo‘shimcha shakar bo‘lmagan hamda kletchatkalarning koni bo‘lgan quritilgan mevalarda mujassamdir. Jigar uchun, ayniqsa, quritilgan o‘rik, olxo‘ri va anjir juda ham foydali. Asosiysi, quritilgan mahsulotlar kaloriyaga boy ekanini yodda tutib, me’yorida iste’mol qilish kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi