Bolalar yo‘tali ota-onalarni isitmadan kam bo‘lmagan darajada qo‘rqitadigan, eng keng tarqalgan simptomlardan biridir. Bunday yo‘talning aniq sababini aniqlashga yordam berish uchun, albatta, pediatrga murojaat qilish lozim.

Foto: Pinterest

Asosiy sabablari:

Odatda yo‘talning haqiqiy sababi tomoq shilliq qavatning shishishi, balg‘am yoki begona narsaning paydo bo‘lishi kabi tirnash xususiyati beruvchi omillardan xalos bo‘lishga urinish orqali yuzaga keladi.

Virusli kasalliklar — eng ko‘p uchraydigan qo‘zg‘atuvchi bo‘lib, bunday holatda yo‘tal odatda yengil va o‘rtacha intensivlikda bo‘ladi. Gripp yoki o‘tkir laringit paytida esa kuchli va uzoqroq davom etishi mumkin. Bundan tashqari, laringit kuchayishi bilan bolada quruq yo‘tal, qo‘pol, shovqinli nafas paydo bo‘ladi. Ushbu virusli infeksiya antibiotiklar bilan davolanmaydi, faqat shifokor bemorga kasallikni qanday qilib yengillashtirish bo‘yicha yordam berishi mumkin. Hammom bug‘xonasi, nam havo yoki tashqaridagi salqin havo holatni har doim yengillashtiradi.

Gastroezofagial reflyuksiya – bolalarda uchraydigan kuchli quruq yo‘talni keltirib chiqaruvchi omil hisoblanadi. Bu oshqozondan qizilo‘ngachga qaytib kelgan ovqat, safro, xlorid kislota oqimi tufayli sodir bo‘ladi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu odatda sfinkter apparati funksional yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, oshqozon-ichak trakti tizimi yaxshilanganda yo‘tal o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Bunday davolanish bemorning tomog‘ida tirnashni keltirib chiqaradigan mahsulotlarsiz parhezdan iborat bo‘ladi. Masalan, qovurilgan, achchiq, yog‘li, shokolad, kofein, sodali ichimlik kabi.

Foto: Pinterest

Bronxial astma — tezda aniqlanadigan kasallik emas, chunki bolalarda alomatlar turlicha bo‘ladi. Shunga qaramay, bolada tunda xirillash, quruq yo‘tal har doim ham bo‘lmasligi mumkin. Ushbu kasallikni davolash astmani keltirib chiqaruvchi sababga bog‘liq: ba’zan bola yonida tamaki chekmaslik yoki oilada ishlatiladigan atirdan foydalanmaslikning o‘zi kifoya. Bolaga ushbu tashxis qo‘yilgan taqdirda ham (buni faqatgina shifokorlar aniqlashi mumkin), bu kasallikni davolash mumkin.

Allergiyaga har doim ham astma muammosi kabi unchalik ahamiyat berilmaydi, ammo tirnash xususiyati, tomoq qichishi yoki tomoq devori bo‘ylab oqayotgan doimiy shilimshiq suyuqlik allergiyani qo‘zg‘ashi mumkin. Bu gul changi, oziq-ovqat, hayvon junlari, hatto chang bo‘lishi mumkin. Bunday holatda anamnezdan, shuningdek, allergenlarga qarshi testlardan foydalangan holda sababini aniqlash va uni davolash lozim.

Quruq yo‘tal belgisi bo‘lgan o‘ta yoqimsiz yuqumli kasalliklardan yana biri — ko‘k yo‘taldir. Ko‘pincha bu doimiy quruq yo‘tal bilan xarakterlanadi. Ko‘k yo‘tal yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun juda yuqumli va xavflidir, ammo o‘z vaqtida emlash orqali kasallikning oldini olish mumkin.

Qanday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak?

  • agar harorat ko‘tarilsa va bu 3 kundan ko‘proq davom etsa;
  • davolanish 7 kunda ham natija bermasa yoki vaziyat yomonlashsa;
  • nafas olish qiyinlashib, nafas qisilishi yuzaga kelsa;
  • nafas olish yo‘llarida begona jismlar mavjudligiga shubha qilsangiz;
  • bu holat bosh aylanishi, zaiflik, yurak urishi bilan birga bo‘lsa;
  • ayniqsa, kechasi simptomlar kuchaysa;
  • balg‘am aralash qon kelsa;
  • agar balg‘am yashil bo‘lsa;
  • yo‘tal uzoq davom etib, bola zaiflashsa.

Foto: Pinterest

Boladagi quruq yo‘talni davolash usullari:

Bunday vaziyatda o‘z-o‘zini davolash, albatta, noo‘rin. Shifokor maslahati va to‘g‘ri tashxis qo‘yish shart — dorilar va davolash usullari kasallik sababiga qarab tanlanadi, chunki kasallik turli xil bo‘lishi mumkin.

  1. Davolash kompleks tarzda amalga oshiriladi: dori-darmonlarni qabul qilish va kichik bemorning kun tartibidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Shuni esda tutish kerakki, simptomga to‘liq ta’sir ko‘rsatadigan dorilar yo‘q. Ular faqat holatni yengillashtirishi mumkin, ammo nafas olish yo‘llarining yallig‘lanishi uning asosiy sababi davolanmaguncha saqlanib qoladi. Antibiotiklar kamdan kam hollarda buyuriladi.
  2. Ko‘p suyuqlik ichish juda muhim (iloji bo‘lsa, iliqroq, chunki issiq harorat shilliq qavatni bezovta qiladi). Bu shilliq pardalarni tozalashga, mikroblar va viruslarni yuvishga yordam beradi.
  3. Uyda toza havo bo‘lishi (iloji bo‘lsa, tashqarida yurish), yaxshi ovqat, yaxshi uxlash talab etiladi. Bundan tashqari, ko‘pincha kasallikdan so‘ng tiklanish davrida pediatr fizioterapiya buyurishi mumkin (ko‘pincha ultrabinafsha terapiya, to‘g‘ri nafas olish mashqlari). Kasallik asoratlari qolsa, elektroforez, magnitoterapiya kursi tavsiya etiladi

Xalq tabobatidan foydalanish mumkinmi?

Shifokorlar an’anaviy tibbiyot yordamida o‘z-o‘zini davolashni tavsiya etmaydi. Chunki ular kuchli allergiya keltirib chiqarishi mumkin, bu nafaqat yallig‘lanishni kuchaytiradi, balki shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Yaxshisi, avval pediatr bilan maslahatlashing.