• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Singapur koronavirusni oddiy grippga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. Bu qanday amalga oshiriladi?

    Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda hozirga qadar dunyodagi deyarli eng yaxshi natijani ko‘rsatib kelayotgan Singapur (qariyb 6 million aholiga atigi 30 ta o‘lim), virus bilan birga yashab turib, “yangi normal” holatga o‘tish rejasini tayyorladi. Orol ma’muriyati virus odam populyatsiyasida hech qachon yo‘q bo‘lib ketmasligi haqidagi fikrlarga qo‘shiladi, shu sababli kasallik butun jamiyat uchun grippdan ko‘ra dahshatliroq bo‘lmasligiga erishish kerak. Shu bilan birga, boshqa mamlakatlarda keng miqyosli epidemiya davom etsa ham, rasmiylar Singapur aholisi va iqtisodiyotini odatiy hayotga qaytarish harakatida.

    Foto: SOPA Images

    Rejaning mohiyati nimada?

    Singapur hukumatining epidemiyaga qarshi kurash uchun mas’ul vazirlari 5,7 million aholiga ega orolni “yangi normal hayot”ga o‘tkazuvchi yo‘l xaritasi hademay tayyor bo‘lishini e’lon qildi. Umuman olganda, uning yo‘nalishlari aniq. Normal hayotga o‘tish keng miqyosli vaksinatsiyalar, aholining katta qismini va orolga kelganlarni har kunlik tezkor testlardan o‘tkazish, shuningdek, virus yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lganlarni to‘liq kuzatishni ta’minlash bilan amalga oshiriladi.

    Bularning barchasi nega kerak?

    COVID-19 butunlay yo‘qolib ketmaydi, balki endemik bo‘lib qoladi. Dunyo mamlakatlaridan uzilish orqali Singapur singari kichik davlatlar virusni yengib chiqishi mumkin, ammo epidemiya boshqa mamlakatlarda davom etadi. Shu bilan birga, Singapur xalqaro savdoga to‘liq bog‘lanib qolgan va orolda yakkalanib o‘tirishga qodir emas. “Virus, shu jumladan, yangi shtammlar tashuvchilarining chegaramizdan o‘tib ketishi muqarrar”, — deb yozadi vazirlar. Demak, virus bilan yashashni o‘rganish kerak, shunda kasallik jamiyat va uning a’zolariga deyarli xalaqit bermaydi.

    Bunday endemik kasallikka misollardan biri bu — gripp. U bilan kasallanganlarning aksariyati kasalxonaga yotqizilmasdan davolanadi. Ammo ozchilik, ayniqsa, keksalar va tibbiy sharoiti past bo‘lgan kishilar simptomlarni boshdan kechirishi mumkin: ayrimlarigina grippdan vafot etadi.

    Ammo grippni og‘ir o‘tkazish ehtimoli juda past bo‘lgani sababli odamlar oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish yoki har yili emlanish orqali gripp epidemiyasi paytida ham kundalik faoliyatini davom ettiradi.

    Koronavirusga qarshi emlash COVID-19 epidemiologik ko‘rsatkichlarini mavsumiy gripp ko‘rsatkichlariga yaqinlashtirishi kerak. Isroil bunga allaqachon erishdi, mamlakat vaksinatsiya bo‘yicha yirik davlatlar orasida yetakchi. To‘liq emlangan odamlar orasida Isroilda virus tufayli kasalxonaga yotqizilish chastotasi kuniga har 100 ming kishidan 0,3 o‘lim darajasi esa barcha yosh toifalarida har 100 ming kishidan 0,1 ni tashkil etmoqda (emlanmaganlar orasida vafot etganlar va kasallanish holatlari soni nisbatlari ancha kattaroq). 2018—2019-yillarda Qo‘shma Shtatlarda gripp tufayli kasalxonaga yotqizish va o‘lim darajasi kuniga mos ravishda har 100 ming kishiga 0,4 va 0,03 dan to‘g‘ri kelgan. 2017-2018-yillardagi grippning og‘ir epidemiyalari paytida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 0,67 va 0,05 ni tashkil etgan. Singapurda allaqachon 40 foiz aholi emlagan va yoz oxiriga kelib ushbu ulushni butun aholining uchdan ikki qismiga yetkazish niyat qilingan.

    Ammo virus boshqa mamlakatlarda tarqalib, ​​mutatsiyaga uchrar ekan, keng miqyosli emlashning o‘zi yetarli bo‘lmaydi: gullab-yashnagan mamlakat ichida ham har doim kasallik guruhlarining avj olish xavfi mavjud. Shu sababli Singapur bahorda orolda paydo bo‘lgan delta varianti tufayli fuqarolar uchun ba’zi cheklovlar bilan “yuqori darajali shaylik” rejimini joriy etishga majbur bo‘lgandi.

    Singapur hukumatining vazifasi epidemiyani “odatiylik”ni buzmaydigan tarzda bartaraf etish yo‘lini topishdir. Odamlar bemalol ishlay olishi, hayotdan zavqlanishi, bayramlarni nishonlashi, ommaviy va sport tadbirlariga yig‘ilishi kerak; mamlakatga sayyohlar, chet ellik ishchilar va ishbilarmonlar kira olishi lozim, Singapur vazirlari o‘z oldiga shunday maqsad qo‘ydi.

    Singapurliklar ochiq osmon ostidagi kinoteatrda spektaklni masofa saqlab tomosha qilmoqda

    Singapurliklar ochiq osmon ostidagi kinoteatrda spektaklni masofa saqlab tomosha qilmoqda
    Foto: Reuters

    Bunga qanday erishish mumkin?

    Vazirlarning ta’kidlashicha, “yangi normal hayot”ga o‘tish quyidagicha bo‘ladi:

    • Koronavirus yuqtirgan odam emlangan bo‘lsa, uy sharoitida sog‘ayib ketishi mumkin, chunki vaksinatsiyadan keyin simptomlar, asosan, yengil kechadi. Agar kasallangan odamning atrofidagilar ham emlansa, virus yuqtirish xavfi past bo‘ladi.
    • Ehtimol, qayta emlanish talab etiladi, bular — rejali yillik hamda virusning yangi variantlariga qarshi maxsus vaksinalar bo‘ladi.
    • Orol rasmiylari ommaviy PZR-testlariga ortiq suyanib qolmaydi. Uzoq vaqtni oladigan va yoqimsiz testlar o‘rniga aholi muntazam ravishda (tom ma’noda har kuni) tezkor testlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Og‘riqli burun surtmalarini talab qilmaydigan “bir daqiqali” testlar hamma joyda — korxonaning nazorat punktidan tortib to ommaviy tadbirlar, restoran yoki dorixona kassasi yaqinidagi kirish joylarigacha bepul tashkil qilinadi. Xuddi shu testlar yordamida orolga kirayotganlarning hammasi tekshiriladi. Natija ijobiy chiqqan taqdirda infeksiyaga chalingan odam izolyatsiyaga olinib, tashxis PZR-testi yordamida qayta tekshiriladi.
    • Dastlabki paytlarda virusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan kishilarni kuzatib borish kerak bo‘ladi. Shuningdek, ushbu kishilar bilan aloqada bo‘lganlarni ham kuzatish lozim: virus yuqtirgan odamning alomatlar paydo bo‘lishidan oldin ham koronavirusni yoya boshlashi hisobga olinsa, bu juda zarur. Singapur allaqachon aloqalarni kuzatib borish tizimiga ega, xususan, bu mobil telefonlar orqali amalga oshiriladi. (Kasallanganlarning qarindoshlari uchun TraceTogether, ular bilan bitta ommaviy tadbirda ishtirok etishi mumkin bo‘lganlarni kuzatish uchun SafeEntry tizimlari mavjud).
    • Karantin qoidalari yumshatilishi kerak: tezkor testlardan foydalanib fuqarolar tekshirilganidan so‘ng, test natijasi salbiy chiqqanlarning barchasi majburiy izolyatsiyadan ozod qilinishi kerak.
    • Infeksiyaga chalingan odamni kuzatib borish asta-sekin to‘xtaydi. “Biz natijalarga e’tibor qaratamiz”, — deb yozadi vazirlar: qancha odam simptomlarni boshdan kechirgani, qanchasi reanimatsiya bo‘limida ekani, qanchasi intubatsiya qilinishi kerakligi va hokazolar haqida statistik ma’lumotlar saqlanib qoladi. Gripp bilan kasallanganlar sonini hech kim kuzatib bormaydi-ku, faqat sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni kuzatish muhim.
    • Barcha cheklovlar asta-sekin bekor qilinadi, yirik yig‘in va tadbirlar qayta tiklanadi. Korxonalar o‘zlarining faoliyatiga yangi karantin to‘sqinlik qilmasligiga ishonch hosil qiladi.
    • Singapurliklar yana erkin sayohat qilishi mumkin bo‘ladi, hech bo‘lmaganda virusni endemik holatga keltirgan davlatlarga. Mamlakatga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, emlanganlar, tezkor test natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda karantindan o‘tishi shart bo‘lmaydi
    Uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan yagona cheklov — virus simptomlari bor odamlarning o‘zini izolyatsiyaga olishi bo‘ladi, shunda ham test natijalari chiqqunga qadar bir muddat, xolos.

    Mavzuga doir: AQSh aholisining 50 foizdan ortig‘i emlandi, ayrim shtatlarda cheklovlar butunlay olib tashlandi. Mamlakat koronavirusdan keyingi hayotga qanday o‘tmoqda? (foto)

    29.06.2021, 21:26   Izoh (0)   59606
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inqilobiy respublikaning monarxiyalar ustidan g‘alabasi. Flyoryus jangi haqida

    29.06.2021, 19:56

    Xitoy vaksinasi bolalarda sinaldi, Rossiyada COVID-vaksina tufayli hech kim vafot etmagan, Gruziyada delta shtamm aniqlandi. Koronaxabarlar

    29.06.2021, 18:10

    AQShda COVID-19’ni aniqlovchi niqob yaratildi

    29.06.2021, 17:56

    Chexiya Rossiyadan Vrbetitsadagi portlashlar uchun 25,5 million yevro talab qildi

    29.06.2021, 16:35

    Saudiya shahzodasi xoinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etildi

    29.06.2021, 15:26

    Hindistonda 3 mingdan ortiq kishi “qora zamburug‘”dan vafot etdi

    29.06.2021, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.