• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Inqilobiy respublikaning monarxiyalar ustidan g‘alabasi. Flyoryus jangi haqida

    1794-yilning 26-iyun kuni hozirgi Belgiya davlati hududidagi Flyoryus shahrida yosh Fransiya Respublikasi va unga qarshi tuzilgan monarxiya tuzumidagi davlatlar ittifoqi qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi janglardan biri bo‘lib o‘tadi. Tarixda Flyoryus jangi deb nomlangan, respublika tuzumi kelajagini ta’minlagan ushbu jang haqida hikoya qilamiz.

    Jangdan oldingi vaziyat

    1789-yilda Buyuk fransuz inqilobidan so‘ng Fransiyada monarxiya qulatilib, Fransiya Respublikasi tuzilgani e’lon qilinadi. Burbonlar sulolasidan bo‘lgan qirol xonadoni hukmronligi tugatilib, qirol Lyudovik XVI qatl etiladi. Bir qator demokratik islohotlar o‘tkazilib, Konstitutsiya qabul qilinadi. Hokimiyat oddiy aholi vakillari qo‘liga o‘tadi.

    Tez orada inqilobning yoyilishidan qo‘rqqan Yevropa monarxlari yosh Fransiya Respublikasiga qarshi urush boshlaydi. Ularning maqsadi Respublikani yo‘qotib monarxiyani tiklash, hokimiyatni Burbonlarga qaytarib berish edi.

    Flyoryus jangi

    Flyoryus jangi
    Foto: Wikipedia

    Dastlabki urush harakatlari Fransiya Respublikasiga dushmanlik tashviqotlari amalga oshirayotgani uchun Fransiya tomonidan Avstriyaga hujum qilingach boshlanadi. Bunga qadar Avstriya va Prussiya birgalikda Fransiyaga qarshi hujumga tayyorlanayotgan, ammo urush boshlashga jur’at qilolmayotgan edi. Avstriyaga hujumdan so‘ng Prussiya ham Fransiyaga qarshi urushga kiradi. Tez orada Avstriya-Prussiya ittifoqiga Ispaniya, Sardiniya, Neapol qirolliklari va Germaniyaning deyarli barcha knyazliklari qo‘shiladi. Bu ittifoq tarixda “Birinchi ittifoq” deya nomlanadi.

    Urushning dastlabki yillarida ittifoq kuchlari muvaffaqiyatli harakat qilib, fransuzlarni turli frontlarda chekinishga majbur qiladi. Inqilobdan so‘ng oyoqqa endi turayotgan fransuz armiyasi ancha tajribali va son jihatdan ustun ittifoq qo‘shinlari bilan qattiq janglar olib boradi.

    1793-yilda Birinchi ittifoqqa Angliya va Niderlandiya ham qo‘shiladi. Natijada Fransiya shimolida ham harbiy harakatlar boshlanadi. Niderlandiyani qo‘llash uchun Avstriya qo‘shinlarini shimolga yuboradi.

    Fransiyani Respublikasini boshqarayotgan Milliy Konvent 1794-yil may oyida generallar Sharbon’ye va Dejardinga Sambra daryosidan kechib o‘tib, Niderlandiya nazorati ostidagi Sharlerua shahar-qal’asini egallashni buyuradi, biroq fransuzlarning dastlabki uch hujumi golland va avstriyaliklar tomonidan qaytariladi.

    6-iyun kuni general Jurdan o‘z armiyasi bilan shimolga keladi, 12-iyun kuni u Sambrani kechib o‘tib Sherleruani qamal qiladi. Biroq u ham shahzoda Uilyam V Oranskiy boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar tomonidan chekinishga majbur etiladi.

    Foto: Britannica

    Jangning boshlanishi

    Nihoyat 18-iyun kuni general Jurdan birlashgan fransuz armiyalari bilan Sambradan o‘tadi va Sherlerua qamaliga kirishadi. Fransuzlar beshinchi bor hujum qilmasligiga ishongan Niderlandiyadagi ittifoqchi kuchlar qo‘mondoni, usmonlilar ustidan qozongan g‘alabalari bilan mashhur gersog Fridrix Koburg bu safar asosiy qo‘shin bilan Sherlerua himoyasiga borishga qaror qiladi.

    25-iyun kuni 7 kunlik qamaldan so‘ng gersog Fridrix Koburg kuchlari yordamga kelayotganidan bexabar Sherlerua qal’asi komendanti taslim bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. 26-iyun kuni uch ming kishilik garnizon qal’ani tark etayotgan bir paytda gersog Fridrix Koburg o‘z qo‘shini Sherleruaga yetib keladi. Qal’a taslim bo‘lganini bilmagan ittifoq kuchlari fransuzlarga hujumga o‘tadi.

    General Jurdan qo‘shinini Sherlerua bo‘ylab yarim oysimon ko‘rinishda joylashtiradi. Eng oldingi qismlar Flyures qishlog‘iga joylashadi. General Daurye Sambra daryosi bo‘ylab saf tortgan fransuzlarning chap qanotiga boshchilik qildi. Uning yon tomonida general Montegyu kuchlari joylashgandi. General Jen-Etyen Shampion va Yozef Lefevr fransuzlar qo‘shinining o‘ng qanotni boshqarishadi. Markazni general Jurdan va Fransua-Severin Marso egallaydi.

    General Jurdan

    General Jurdan
    Foto: Wikipedia

    Fransuzlaring joylashuv pozitsiyasidagi eng zaif nuqta — ularning chekinish uchun yagona yo‘li bo‘lgan Marchinnes ko‘prigining chap qanotda joylashgani edi. Ittifoqchilar g‘alaba qozonish uchun shu qanotga zarba berib, Jurdanni shimolda tuzoqqa tushirishlari mumkin edi, ammo ular kuchlarni birlashtirmasdan beshga bo‘lib hujum qilish taktikasini qo‘lladi.

    Ittifoqchi kuchlar o‘ng qanotida 40 ming kishilik qo‘shin bilan shahzoda Uilyam V Oranskiy joylashadi. Uning chap tomonini Vitus fon Kvozdanovich egallaydi. Jen-Etyen Shamion va Yozef Lefevr kuchlariga qarshi esa shahzoda Venzel Anton fon Kaunits va ersgersog Karl boshchiligidagi qo‘shin hujum qilishi belgilanadi.

    Jangga birinchi bo‘lib Uilyam V Oranskiy boshliq ittifoqchilarning o‘ng qanot kiradi. Fransuzlarning chap qanotiga zarba bergan Uilyam V dastlab general Daurye va Montegyu diviziyasini chekinishga majbur qiladi. Biroq yordamga yetib kelgan Jan Batis Klaber kuchlari hujumidan so‘ng Uilyam V qo‘shinlari ortga chekinadi.

    Xuddi shu paytda ittifoqchilarning chap qanoti ham dushmanga zarba berib uni chekintira boshlaydi. Ularga qarshilik ko‘rsatgan general Fransua Marso dushman bilan oxirigacha kurashadi. Vaziyat og‘irlashayotganini bilgan Jurdan markazdan yordam kavaleriyasini yuboradi. Natijada fransuzlar bu qanotda o‘z pozitsiyasini qaytarib oladi, ammo ersgersog Karl boshchiligida markazdan hujumga o‘tgan avstriyaliklar Flyoryus va Lambyuzar qishloqlarini egallab oladi.

    Gersog Fridrix Koburg

    Gersog Fridrix Koburg
    Foto: Wikipedia

    Markazdan davom etgan yurishni yana general Klaberning zaxira kuchlar bilan yordamga yetib kelib qarshi hujumga o‘tishi to‘xtatib qoladi.

    Ushbu jangda katta rolni fransuzlar tomonidan jangda ilk havo texnikasi — “aerostat”ning (havo shari) qo‘llanishi bajaradi. Havo shari yordamida fransuzlar dushmanning hujumlarini oldindan ko‘radi va buyruqlarni qismlarga ancha tez yetkazadi.

    Aerostat

    Aerostat
    Foto: Wikipedia

    Kunning oxirida erishilgan kichik muvaffaqiyatga qaramasdan, Sherlerua taslim bo‘lganidan xabar topgan qo‘mondon Fridrix Koburg armiyaga chekinish to‘g‘risida buyruq beradi. Chekinayotgan ittifoqchilar qo‘shinini fransuzlar ta’qib etmaydi.

    Natija

    Manbalarda Flyoryus jangida har ikki tomondan birgalikda 80 mingga yaqin kishi qatnashgani aytiladi. Har ikki taraf jangda ikki mingdan ortiq qurbon beradi (fransuzlar biroz ko‘proq), uch ming dushman askarlari fransuzlardan tomonidan asir olinadi.

    Keyingi oylarda fransuzlar g‘alabali yurishni davom ettirib avstriyaliklarni Niderlandiyadan siqib chiqaradi. Avstriya qo‘shinlari Lyuksemburgni himoya qilish uchun sharqqa chekinadi, niderlandlar esa inglizlar bilan birgalikda shimolga chekinishga majbur bo‘ladi. Yil oxiriga kelib esa Fransiya Bryusselni egallab, Niderlandiyaning katta qismini nazorati ostiga oladi. Fransuzlar Avstriyaning bevosita chegarasi, Reyn daryosi bo‘yidagi istehkom chizig‘iga xavf sola boshlaydi.

    Flyuras jangini Fransiya Respublikasi va Birinchi ittifoq o‘rtasidagi urushda burilish nuqtasi deyish mumkin. Chunki ushbu jangdan keyin ittifoqchilar fransuzlarning front bo‘ylab oldinga siljishini deyarli to‘xtata olmadilar. Inqilobiy respublikaning mudofaa urushlari tugab, bosqinchilik urushlari boshlandi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    29.06.2021, 19:56   Izoh (0)   55313
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.