• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Futbolni mendan olib qo‘ymang”. Futbol, shaxsiy hayot, Mourinyo va Gvardiola haqida Kevin de Bryuyne hikoyasi

    Men rostgo‘y insonman. Shuning uchun sizga kichik bir sirni ochaman. “Manchester Siti”ga kelgunga qadar Rahim Sterling haqida tasavvurga ega emasdim. U bilan umuman ko‘rishmaganmiz, ingliz nashrlaridan u haqida o‘qiganimda Sterling mendan tubdan farq qiladi degan taassurot paydo bo‘lgandi.

    O‘yladim…

    Xo‘sh…

    To‘g‘ri, men uni yomon bola deb o‘ylamagandim. Ammo nashrlar uni o‘ziga bino qo‘ygan inson deb ta’riflardi. Shuning uchun men uni… Buni ingliz tilida nima deyishardi?

    Ahmoq edi-a adashmasam?

    Rahim bilan deyarli bir vaqtda “Siti”ga kelganmiz. Gazetalar “Chelsi” mendan voz kechgani, Rahim esa “Liverpul”ni pul uchun tark etganini yozardi. Bizni og‘ir xarakterli insonlar deb ta’riflardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Albatta, o‘zing haqingda bunday gaplarni o‘qiganingdan keyin o‘ylab qolasan: “Rostdan ham bu menmi?” Men murakkab inson emasman. Bu ahmoqlik. Axir ular meni hatto bilishmaydi ham! Lekin boshqalar haqida shunday xabarlar o‘qisang, ularga nisbatan munosabatingga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga qarshi hech narsa qila olmaysan..

    “Manchester Siti”ga kelgach Rahim bilan uchrashdim. Mashg‘ulotlardan keyin u bilan biroz suhbatlashdim va “Shoshmang, bu bola juda ajoyib! Unda muammo nimada?”, — deb o‘ylab qoldim.

    To‘g‘risini aytganda, futbolda ham, undan tashqarida ham yaqin do‘stlarim bo‘lmagan. Insonlarga ochilishim uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Vaqt o‘tib Rahim bilan yaqin bo‘lib ketdik, chunki farzandlarimiz deyarli bir vaqtda dunyoga keldi, ular birga o‘ynaydi. Haqiqiy Rahimni tanigach, u aqlli va samimiy insonligini bildim. Gazetalarda ta’riflangan Rahimdan tubdan farq qiladi.

    Mana haqiqat: Rahim — men futbolda uchratgan eng yaxshi, eng samimiy inson.

    Bir kuni Rahim bilan suhbatlashib o‘tirganimizda u: “Do‘stim, sen umuman boshqacha insonsan deb o‘ylagandim. Ko‘rinishingdan odamovi va uyatchandeksan. Aslida esa sen bir ajib insonsan”, — dedi.

    Javob berdim: “Hazil hissi bilan muammom bor”.

    U: “Katta muammo”.

    Va so‘radi: “Men haqimda nima deb o‘ylaganding?”.

    Men: “To‘g‘risini aytaymi? Seni dimog‘dor inson deb o‘ylagandim”.

    U menga nazar tashladi va: “Qo‘ysang-chi!”, — dedi.

    Men esa unga qarab: “Nima qilibdi? Sen meni g‘alatiroq deb o‘ylagan ekansan-ku”, — dedim.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu juda katta saboq bo‘ldi. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, futbolchilar siz tasavvur qilganingizdan umuman farq qilishi mumkin, ayniqsa ularni yaqindan bilgach.

    Rahim men haqimda nega unday o‘ylaganini bilaman. 16 yoshimdan buyon bulutlar doim meni ta’qib qiladi.

    Men sizga o‘z hikoyamni aytib beraman, lekin to‘g‘ri tushuning, inson o‘zi haqida gapirishi — men uchun dunyodagi eng og‘ir vazifa. Futbol? Siz bilan futbol haqida soatlab suhbatlashishim mumkin. Lekin shaxsiy hayot haqida emas — bu men uchun og‘ir.

    Tabiatim shunaqa. Buni tushunasiz, deb o‘ylayman.

    Bolaligimda judayam kamgap va uyatchan edim. PlayStation’im yo‘q edi. Atrofimda do‘stlarim ham bo‘lmagan. O‘zimni futbol bilan ovutardim. Maydondan tashqarida men hech kim bilan gaplashmasdim. Ha, shunaqa kamgapman. Bolaligimdan.

    Yosh bo‘lganing uchun odamlar sening harakatlaringni noto‘g‘ri talqin qilayotganini tushunmasliging mumkin. Men ana shunday og‘ir vaziyatni boshimdan o‘tkazganman.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    14 yoshimda hayotimni o‘zgartirib yuboradigan qarorni qabul qildim. “Genk” akademiyasiga borish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shuning uchun Belgiyaning boshqa qismiga yolg‘iz o‘zim borishimga to‘g‘ri keldi. Akademiya uyimdan 2 soatlik uzoq masofada edi. Ammo ota-onamga u yerga borishim kerakligini tushuntirdim.

    Muammo shundaki, men o‘z shahrimda ham uyatchan edim. Begona shaharda esa o‘zimni qanday tutganimni tasavvur qilavering. Uning ustiga yolg‘iz edim. Ijtimoiy hayotni qurishni o‘rgana olmadim, faqatgina yakshanba kunlari uyimga borib ota-onamni ko‘rishim mumkin edi. Akademiyadagi dastlabki ikki yilim shu tariqa o‘tgan.

    “14 yoshingda senga bu narsalar nimaga kerak?”, — dersiz.

    Javobim bitta: futbol o‘ynaganimda boshqa narsalar ikkinchi darajaga tushib qoladi. Muammolarimning barchasi unutiladi.

    Qisqa qilib aytganda — bu mening hayotim.

    Birinchi yil men yotoqxonada yashadim. Keyingi yil esa bir oila menga vasiylik qiladigan bo‘ldi. Klub bu uchun ularga pul to‘lardi. Men va yana ikki bola ular bilan yashay boshladik. Shundan so‘ng hayotim yaxshilana boshladi.

    Baribir ko‘p vaqtimni yolg‘iz o‘tkazardim. Maktabda va futbolda ishlarim joyida edi. Hech qanaqa janjallarga aralashmasdim.

    Yil oxirida chamadonimni oldim va u oila bilan xayrlashdim.

    Ular: “Ta’tildan so‘ng yana ko‘rishamiz. Yozni yaxshi o‘tkaz”, — dedi.

    Uyga kelib eshikni ochsam onam yig‘lab o‘tirgan ekan. Qandaydir ko‘ngilsiz voqea yuz bergan deb o‘yladim.

    “Nima bo‘ldi?”.

    Shunda onam hayotimni o‘zgartirib yuborgan so‘zni aytdi.

    “Ular sening qaytishingni istamayapti”.

    — Kim haqida gapiryapsiz?

    — Sening vasiy oilang. Ular bilan birga yashashingni xohlamayapti.

    — Nega?

    — Xaraktering tufayli. Sen juda kamgapsan. Sen bilan qanday muomala qilishni bilolmayotgan ekan. Xaraktering og‘irligini aytdi.

    Men hayratda qoldim. Ular bu haqda o‘zimga aytmagan edi, hech qanaqa muammo yo‘q deb o‘ylardim. Xonamga kirardim va hech kimga xalaqit bermasdim. Ketayotganimda ham hech narsa bo‘lmagandek xayrlashishgan edi. Keyin esa klubga xabar qilib endi men ularnikiga bormasligimni aytishibdi.

    Bu mening faoliyatimga jiddiy zarba edi. Chunki yulduz emasdim, klub meni muammo tug‘diradi deb o‘ylab qoldi. Rahbariyat ota-onamga qo‘ng‘iroq qilib boshqa oila uchun pul to‘lay olmasligini aytdi. Yana yotoqxonaga qaytdim.

    Bitta ibora xayolimdan ketmaydi: “Sening xaraktering tufayli”. To‘pni olib chiqib ketardim va soatlab futbol o‘ynardim. O‘shanda o‘zimga o‘zim: “Hammasi yaxshi bo‘ladi. Ikki oydan keyin birinchi jamoada bo‘laman. Uyga omadsiz inson sifatida qaytmayman”, — deb dalda berardim.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ta’tildan so‘ng “Genk”ga qaytdim. Meni ikkinchi jamoaga o‘tkazishgan edi. Mashg‘ulotlarda o‘zimni ko‘rsata olmasdim. Lekin ichimda olov yonayotgandi.

    Hammasini o‘zgartirib yuborgan vaziyatni eslayman. Juma kuni tunda futbol o‘ynadik. Men zaxira o‘rindig‘ida edim. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushdim va shunchaki aqldan ozdim.

    Birinchi gol.

    Ular endi seni xohlamaydi.

    Ikkinchi gol.

    Sen judayam kamgapsan.

    Uchinchi gol.

    Juda vazminsan.

    To‘rtinchi gol.

    Ular endi seni xohlamaydi.

    Beshinchi gol.

    Sening xaraktering tufayli.

    Men bir bo‘limda beshta gol urgandim.

    Shundan keyin barchasi o‘zgardi. Ikki oy ichida men birinchi jamoaga o‘tdim. Klub yana birorta oilaga men uchun pul to‘lashga tayyorligini aytdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘sha oila yana klubda paydo bo‘ldi va men bilan hech narsa bo‘lmagandek gaplasha boshladi. “Qaytishingni xohlagandik. Shunchaki hafta davomida yotoqxonada vaqt o‘tkazib dam olish kunlari biznikiga borishingni istagandik!”.

    Ular meni xafa qilishgandi. Endi esa qaytishimni istashyapti.

    Aslida ularga rahmat aytishim kerak. Bu men uchun saboq bo‘lgandi. Shunday bo‘lsa-da, bulutlar ancha vaqt meni ta’qib qildi. “Genk”da ham, “Chelsi”ga o‘tganimda ham gazetalarda mening og‘ir xarakterim haqida yozilardi.

    Ba’zan maydonda “portlashim” haqiqat. Men chidab turaman, keyin esa o‘zimni nazorat qilolmayman. Bir necha soniyadan keyin esa o‘zimga kelaman.

    “Chelsi”da o‘ynab yurgan vaqtimda Joze Mourinyo bilan munosabatlarimiz haqida mish-mishlar ko‘p bo‘lardi. Men u bilan bor-yo‘g‘i ikki marta gaplashganman. 2012-yilda “Verder”ga o‘tdim. O‘sha mavsum yaxshi o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yozda “Chelsi”ga qaytgach Bundesligadan takliflar tusha boshladi. Yurgen Klopp “Borussiya”ga o‘tishimni xohlardi. Dortmundliklarning o‘yin uslubi menga yoqadi. Agar “Chelsi” qo‘yib yuborsa o‘sha yerga o‘tmoqchi edim.

    Mourinyo menga xabar yo‘lladi: “Sen qolasan. Jamoaning bir qismi bo‘lishingni istayman”.

    O‘ylab qoldim: “Juda yaxshi. Men uning rejalariga kiribman”.

    Mavsumoldi mashg‘ulotlarda muhit juda yaxshi edi. Mavsumning dastlabki to‘rt o‘yinining ikkitasida asosiy tarkibda maydonga tushdim. Ishlarim yaxshi ketayotgandi. To‘rtinchi o‘yindan keyin barchasi yakunlandi. Men zaxiraga mixlandim va umuman imkoniyatga ega bo‘lmadim. Sababini tushuntirishmadi. Shunchaki zaxirada o‘tirardim.

    Albatta, xatolar qilgandim. O‘zimni APL futbolchilaridek tuta olmasdim. Agar futbolchi murabbiyning rejalariga kirmasa, mashg‘ulotlarda ham unga e’tibor bo‘lmasligini ko‘pchilik muxlislar bilmasa kerak. Juda ko‘p jamoalarda shu hol yuz beradi, go‘yoki sen yo‘qdek.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar men bilan hozir shu holat yuz bersa muammo bo‘lmasdi. Men yolg‘iz mashg‘ulot o‘tay olaman, tajribam bor. Lekin 21 yoshingda nima qilish kerakligini tushunmaysan. “Suindon Taun”ga qarshi Kubok o‘yinida menga yana bir imkoniyat berildi. Lekin unda men formada emasdim. Shu bilan barchasi tugadi.

    Dekabr oyida Joze meni ofisiga chaqirdi. Uning yonida bir qog‘oz turgandi va u menga qarab: “Bitta to‘p uzatish. Gol yo‘q. O‘n marta to‘pni olib qo‘yish”, — dedi.

    U nima demoqchiligi tushunishim uchun bir daqiqa vaqt ketdi.

    Keyin u boshqa hujumkor futbolchilar — Villian, Oskar, Shyurrle, Matalarning statistikasini o‘qib berdi.

    5 ta gol, 10 ta golli uzatma, barchasi shunga o‘xshash.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Joze men nimadir deyishimni kutdi. Men ham jim turmasdan gapirdim: “Jamoadoshlarim 15-20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Men esa 3 ta o‘yinda ishtirok etdim. Ko‘rsatkichlar farqlanib turishi kerakmi?”

    Keyin mening ijaraga ketishim haqida suhbatlashdik. Mata ham Jozening rejalariga kirmagan edi. “Bilasanmi, Mata ketsa ham sen tarkib uchun oltinchi emas, beshinchi nomzod bo‘lib qolasan. Hech narsa o‘zgarmaydi”, — dedi Mourinyo.

    “Jamoa menga ehtiyoj sezmayapti. Men futbol o‘ynashni istayman. Meni transferga qo‘yishingizni so‘rayman”.

    Joze mendan xafa bo‘ldi, lekin futbol o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqimni tushundi, deb o‘ylayman. Klub meni hech qanday muammolarsiz sotib yubordi. “Volfsburg” endi mening yangi jamoam edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    U yerda hammasi o‘zgarib ketdi. Faqatgina futbol tufayli emas. Yonimda bo‘lajak rafiqam ham bor edi. U menga juda ko‘p narsalarni o‘rgatdi.

    Barchasi tvitdan boshlandi. “Verder”da ijarada o‘ylab yurgan vaqtlarimda bir necha ming muxlisim bor edi, xolos. Twitter’da o‘yin haqida bir-ikki mulohazalarimni yozib qo‘yardim. Bir chiroyli qiz menga layk bosdi. Men va do‘stim bir vaqtda bunga e’tibor qaratdik. Shunga u: “Juda yoqimtoy qiz ekan. Sen unga yozishing lozim”, — dedi.

    “Yo‘q, yo‘q, yo‘q,  yo‘q. Odamlarga yoqmayman. Ular meni tushunmaydi. U menga javob yozmaydi”, — deb javob berdim.

    Do‘stim telefonimni olib qo‘ydi va unga xabar yozdi va mendan jo‘natishga ruxsat so‘radi.

    Men polda yotardim va o‘zimni ahmoqdek his qilardim. Lekin negadir xabarni jo‘natishga rozi bo‘ldim.

    Mana shu vaziyatning o‘zi ko‘p narsani gapiradi, shunday emasmi? Men katta futbolchi bo‘lishim kerak edi, ammo bo‘lajak rafiqamga yozishga ham jur’atim bo‘lmagan.

    Baxtimga u xabarga javob yozdi. Bir necha oy mobaynida yozishib yurdik. U bilan tanishganimdan xursand edim. U hayotimni o‘zgartirib yubordi. Usiz nima qilardim hayronman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Turmush o‘rtog‘im — hayotimdagi eng muhim inson. 19 yoshida men bilan birga orzularimni ro‘yobga chiqarish uchun ketishga rozi bo‘ldi. Bu sayohatni birga o‘tkazdik.

    2015-yilgi transferlar oynasida turmush o‘rtog‘im homiladorligini bildim. Menga “Manchester Siti”, “PSJ” va “Bavariya”dan takliflar kelib tushgandi. Biz farzand kutayotgandik, qayerda yashashimiz esa noma’lum edi.

    “Siti”ga o‘tishni istadim. Vensan Kompani menga xabar yozdi. U rejalar qanaqaligini aytdi. Menga bu yoqdi. Lekin men “Volfsburg”ga nisbatan hurmatsizlik qilishni xohlamadim. Shuning uchun jim turishni ma’qul ko‘rdim. Hammasi oddiy edi!

    Uch hafta mobaynida har kuni agentim: “Hammasi hal bo‘ldi. Shoshma, bekor qilindi. Hammasi hal bo‘ldi. Yo‘q, yana bekor qilindi”, — deb aytardi.

    Bu stress turmush o‘rtog‘imga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bir kuni ertalab uyg‘onganimizda u o‘zini yomon his qila boshladi. Nima qilishni bilmasdik. Balki, bolaga nimadir bo‘lgandir. Shifoxonaga bordik. Shifokorlar bolani yo‘qotish xavfi mavjudligini aytdi. Bu hayotimdagi eng yomon lahza edi. Qo‘lingdan hech narsa kelmaydi, shunchaki o‘tirasan. Ehtimol, transfer tezroq amalga oshsa hammasi o‘zgarib ketar.

    Turmush o‘rtog‘im va farzandimga hech narsa qilmadi.

    Farzandimsiz qanday yashardim bilmayman. Bu hayotimdagi uchinchi burilish edi. Futbol — bu hayot va o‘lim emas. 23 yoshimgacha futbolga judayam bog‘lanib qolganimni his qildim. Turmush o‘rtog‘imni uchratgach, ayniqsa, farzandim tug‘ilgach men hech narsani yolg‘iz amalga oshirmaydigan bo‘ldim. “Manchester Siti”ga o‘tgach barchasi o‘zgarib ketdi, albatta, Pep kelganidan so‘ng.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    U bilan mentalitetimiz o‘xshash. Gvardiola hammadan ham ko‘proq futboldan zavq oladi. Doim bosim ostida yuradi. Biz, futbolchilar, juda katta psixologik stressni boshdan o‘tkazamiz, lekin u ikki baravar ko‘proq aziyat chekadi deb o‘ylayman. Chunki u shunchaki g‘alaba qozonishni istamaydi. Buni mukammal tarzda amalga oshirishni xohlaydi.

    Pep bilan birinchi ko‘rishganda u menga shunday dedi: “Kevin, eshit. Sen dunyodagi eng kuchli 5 futbolchi ichiga bemalol kira olasan. 5 nafar eng yaxshi. Bemalol”.

    Men ajablandim. Gvardiola buni shunchalik ishonch bilan aytdiki, bu mening psixologiyamni o‘zgartirib yubordi. U haq ekanligini isbotlashga harakat qilishim lozim edi.

    Odatda futbol — negativ va qo‘rquvdan iborat. Lekin Pep bilan esa pozitivga aylanadi. U erishib bo‘lmas maqsadlarni oldiga qo‘yadi. U taktik jihatdan judayam kuchli murabbiy, bunga shubha yo‘q. Ammo odamlar u mukammallikka erishish uchun chekayotgan azobini tashqaridan ko‘ra olmaydi.

    Turmush o‘rtog‘im menda nimadir g‘alati ekanligini aytadi. Biz 7 yildan buyon birgamiz, u hech qachon yig‘laganimni ko‘rmagan. Hatto dafn marosimlarida ham yig‘lamasdim. Ammo “Fulhem”ga qarshi o‘yinda (2018/19-yilgi mavsum) jarohat oldim. Shifokorlar bir muddat futbol o‘ynay olmasligimni aytdi. Hattoki kiyimingni birovning yordamisiz kiya olmasliging — bu dahshat. Turmush o‘rtog‘im endigina ikkinchi farzandimizni dunyoga keltirgan edi.

    U shifoxonadan uyga qaytdi. Men FaceTime’dan unga qo‘ng‘iroq qildim.

    So‘radim: “Bolakay qanday? Hammasi joyidami?”

    U esa: “Hammasi yaxshi. Yig‘layapsanmi?”

    Ko‘zimda yoshlar bor edi, shekilli.

    Unga xabarni aytishga majbur bo‘ldim: “Menda yomon xabar bor. Yana tizza. Bir qancha muddatga safdan chiqdim. Bolalarga o‘zing g‘amxo‘rlik qilib turishingga to‘g‘ri keladi”.

    Keyin rostdan ham yig‘lab yubordim. Bu farzandli bo‘lganim uchun quvonch yoshlarimidi yoki jarohatlanganim uchunmidi bilmadim. Balki, ikkalasi sabablidir.

    U esa ishongisi kelmasdi: “Sen to‘yimizda ham yig‘lamagansan! Farzandli bo‘lganingda ham yig‘lamagansan!”.

    To‘y, dafn marosimi, tug‘ilgan kunlar? Hech birida yig‘lamaganman.

    Agar futbolni ham mendan olib qo‘ysangiz nima bo‘ladi? Men bunga dosh berolmasam kerak.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti”ning loyihasi — g‘alabadan ham ortiqroq. Gap alohida olingan o‘yin uslubi va umumiy falsafa haqida ketyapti. Shu sabab ertalab uyg‘onganimizdan futbol haqida o‘ylaymiz.

    Oddiy futbol o‘ynash — aslida dunyodagi eng qiyin ish. Men shundan zavq olaman.

    Biz maqsadimizga erishamizmi yoki yo‘q, biz paydo qilgan to‘lqinni futbolni sevadigan muxlislar his qilishi lozim.

    Rohat.

    Bu haqiqatan ham men uchun rohat.

    Men hammaga o‘xshagan emasman, hayotim futboldan iborat. Lekin shu mening hikoyam.

    Menga gapirishga qo‘yib berganingiz uchun, rahmat.

    Kevin de Bryuyne

    Tug‘ilgan yili: 1991-yil 28-iyun

    Fuqaroligi: Belgiya

    Pozitsiyasi: hujumkor yarim himoyachi

    O‘ynagan jamoalari:

    2008-2012 — “Genk”2012-2014 — “Chelsi”2012 — “Genk” (ijara)2012-2013 — “Verder” (ijara)2014-2015 — “Volfsburg”2015-yildan buyon “Manchester Siti”

    Erishgan sovrinlari:

    “Genk”• Belgiya chempioni: 2010/11• Belgiya Kubogi: 2008/09• Belgiya Superkubogi: 2011

    “Volfsburg”• Germaniya Kubogi: 2014/15• Germaniya Superkubogi: 2015

    “Manchester Siti”• Angliya chempioni: 2017/2018, 2018/19, 2020/21• Angliya Kubogi: 2018/19• Angliya Liga Kubogi: 2015/16, 2017/18, 2018/19, 2019/20, 2020/21• Angliya Superkubogi: 2018, 2019• UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2020/21

    Kevin de Bryuyne Belgiya terma jamoasi bilan Yevro—2020 musobaqasining chorak finaliga chiqdi. Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan nimchorak final o‘yinida (1:0) Kevin jarohat olib maydonni tark etdi.

    28.06.2021, 17:12   Izoh (0)   16379
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerika Kubogi—2021. Braziliya so‘nggi turda Ekvadorni mag‘lub etolmadi

    28.06.2021, 10:23

    Yevro—2020. Belgiya terma jamoasi Portugaliyani bazo‘r yengib, chorak finalga chiqdi

    28.06.2021, 02:00

    Rekordlarni yangilayotgan Italiya, “yoqimtoy” Daniya va Moskvadagi fojia. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    27.06.2021, 23:42

    Yevro—2020. Chexiya bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgan Niderlandiyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

    27.06.2021, 23:05

    Superliga. “Paxtakor” “Surxon”ni tor-mor keltirdi, 5 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon” “OKMK”ga yutqazib qo‘ydi

    27.06.2021, 22:09

    Shavkat Rahmonov UFC’da, Botir Ahmedov esa boksda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Lomachenko va Jervonta Devis raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etdi

    27.06.2021, 13:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

    Sport | 18 may, 19:55

    Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

    Dunyo | 18 may, 19:55

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.