Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasining 1/8 finalida Belgiya va Portugaliya terma jamoalari 27-iyun kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: “Daryo” / UEFA

Foto: “Daryo” / UEFA

Uchrashuvning 42-daqiqasida Torgan Azar jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, belgiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda portugallar katta ustunlikka ega bo‘ldi, biroq Belgiya vakillari himoyada ishonchli harakat qildi.

Shu tariqa Belgiya terma jamoasi keyingi bosqichga yo‘l oldi va chorak finalda Italiyaga qarshi o‘ynaydi. Amaldagi chempion Portugaliya esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Yevro—2020

1/8 final bahsi

27-iyun, yakshanba

Belgiya — Portugaliya 1:0

Gollar: 1:0 – 42 Torgan Azar.

Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Vermalen, Menye, Torgan Azar, Tilemans, Eden Azar (Karrasko, 87), Vitsel, de Bryuyne (Mertens, 48), Lukaku.

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Diogu Dalot, Ruben Diash, Gerreyru, Palinya (Danilu Pereyra, 78), Moutinyu (Joau Feliks, 56), Bernardu Silva (Brunu Fernandesh, 56), Sanshesh (Serjiu Oliveyra, 78), Diogu Jota (Andre Silva, 70), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Palinya (45), Diogu Dalot (51), Vermalen (72), Pepe (77), Alderveyreld (81).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi