Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyoning turli nuqtalarida 21-iyun kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Hindistonning Rathambor milliy bog‘idagi havzada og‘zini ochib turgan ilon.

Foto: Legion Media

Eronda prezident etib saylangan Ibrohim Raisiy saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi matbuot anjumanida qatnashmoqda.

Foto: Shutterstock

Buyuk Britaniyadagi Stounhenj tosh yodgorligida yozning eng uzun kunining quyosh chiqishini tomosha qilish uchun yig‘ilgan odamlar.

Foto: PA

Pokistonning Lahor shahrida 21-iyun — Xalqaro yoga kuni munosabati bilan yoga mashg‘ulotlarida qatnashayotgan ayollar.

Foto: “TASS”

Qirolicha Yelizaveta II Reach for the Moon laqabli tulpori bilan turibdi. Qirolichaning oti va chavandoz Frenki Dettori Royal Ascot poygalarining beshinchi kunida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Getty Images

G‘arbiy Bengaliya shtatidagi Uttar Bxatora qishlog‘ida yashovchi Yusuf Ali Hindistonning Serum instituti tomonidan ishlab chiqarilgan Covishield vaksinasi bilan emlanmoqda.

Foto: Reuters

Burneyj shahridagi uy futbol bo‘yicha Yevro—2020 chempionatida qatnashayotgan milliy jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun Angliya bayroqlariga burkandi. Angliya guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Chexiya bilan kuch sinashadi.

Dakka shahrida yomg‘irdan saqlanish uchun sellofandan foydalanayotgan erkak.

G‘azo sektoridagi HAMAS harakati rahbari Yahyo Sinvar BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Vennesland bilan uchrashgandan so‘ng OAVga intervyu bermoqda. Uning orqa tomonida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan bolalar surati tushirilgan plakat.

Malayziyada 309 ga yaqin hujjatsiz muhojir hibsga olindi. Qo‘lga olinganlar vaqticha saqlash joyiga keltirilmoqda.

Foto: EPA

Londondagi Christie’s kimoshdi savdosiga qo‘yilgan Rojer Federerning tennis jihozlari namoyish etilmoqda.

Moskvadagi Ostankino teleminorasining kuzatuv platformalari tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.

Moskvadagi Ostankino teleminorasining kuzatuv platformalari tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.
Foto: “TASS”

Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 500 ming kishiga yetgani munosabati bilan Kopakabana plyajida qizil atirgullar bilan ular xotirlanmoqda.

Minskda hukumatga qarshi tinch namoyish o‘tkazayotgan belarus ayollari.

Italiyaning Pompey shahri yaqinidagi tog‘lar ortiga botayotgan quyosh.

Bruklindagi saylov kampaniyasi paytida Nyu-York merligiga nomzod Mayya Uili halqa aylantirmoqda.

Bruklindagi saylov kampaniyasi paytida Nyu-York merligiga nomzod Mayya Uili halqa aylantirmoqda.
Foto: Getty Images

Anqara osmonidagi yashin.

Anqara osmonidagi yashin.
Foto: Getty Images

Xitoyning Xandan shahrida yoga bilan shug‘ullanayotgan ayollar.

Xitoyning Xandan shahrida yoga bilan shug‘ullanayotgan ayollar.
Foto: EPA

Rossiyaning Plyos tumanidan o‘tgan Volga daryosi ustidan quyosh chiqishi.

Rossiyaning Plyos tumanidan o‘tgan Volga daryosi ustidan quyosh chiqishi.
Foto: “TASS”

Britaniyada koronavirus tarqalishi munosabati bilan rasmiy tadbirlar bekor qilinganiga qaramay, Yozgi Quyosh turishi kunini nishonlayotgan yigit. 21-iyun shimoliy yarim shardagi ayrim mamlakatlarda yilning eng uzun kuni sifatida nishonlanadi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda o‘tkazilayotgan hududiy va idoraviy saylovlarning birinchi bosqichida ovoz berishda qatnashdi.

Xorvatiya eshkak eshuvchilari Martin Sinkovich va Valent Sinkovich murabbiylar bilan birga Peruka ko‘li bo‘ylab Tokio—2020 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tbilisidagi statsionar kamera bilan olingan 5 ta alohida fotosuratlarning kompozitsion tasvirida aks etgan quyosh va uning fonidagi Xalqaro kosmik stansiya.

Mumbay shahri atrofidagi poyezdda qatnovchilar Xalqaro yoga kuniga bag‘ishlangan yoga mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Foto: AP Photo

Boris Jonson 18 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi emlanishiga ruxsat berilgandan so‘ng London shimolidagi StoneX stadionidagi emlash markaziga tashrif buyurganida bir ayol bilan salomlashmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi