Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Xorvatiya va Chexiya terma jamoalari 18-iyun, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Glazgoda o‘tgan o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. Patrik Shik 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, Chexiyani hisobda oldinga olib chiqqandi. Bu “Bayer” futbolchisi uchun musobaqadagi 3-gol bo‘ldi va to‘purarga aylanib oldi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Ivan Perishich o‘zining kuchli zarbasi bilan darvozabonni dog‘da qoldirdi va muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Angliya va Shotlandiya terma jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.
Yevro—2020
Guruh bosqichi, 2-tur
18-iyun, juma
Xorvatiya – Chexiya 1:1
Gollar: 0:1 – 37, penalti Shik, 1:1 – 47 Perishich.Xorvatiya: Livakovich, Gvardiol, Lovren, Vrsalko, Vida, Brekalo (Ivanushes, 46), Perishich, Modrich, Kovachich (Brozovich, 87), Rebich (Petkovich, 46), Kramarich (Vlashich, 62).
Chexiya: Vaslik, Chelyustka, Kalas, Soufal, Borjil, Yankto (Shevchik, 74), Golesh (Kral, 63), Masopust (Glojek, 63), Darida (Barak, 87), Souchek, Shik (Krmenchik, 75).
Ogohlantirishlar: Lovren (35), Masopust (50), Borjil (82), Glojek (90).
Izoh (0)