• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Yevro—2020. Yengilmas Italiya “bankirlar”ga, golga tashna turklar “ajdarlar”ga qarshi. Rossiya esa debyutant bilan o‘ynaydi

    Yevro—2020 musobaqasining ikkinchi tur o‘yinlariga 16-iyun, chorshanba kuni start beriladi. Musobaqa debyutanti Finlyandiya soat 18:00 da Rossiya bilan o‘ynasa, 21:00 da Turkiya Uels bilan o‘zaro bahs olib boradi. Kunning markaziy o‘yinida Italiya Shveysariya bilan hisob-kitob qiladi. A guruhidan joy olgan ushbu o‘yin 00:00 da boshlanadi.

    Yevro—2020

    2-tur bahsi

    16-iyun, chorshanba

    Italiya, Rim. “Stadio Olimpiko” stadioni

    Italiya – Shveysariya 00:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Italiya

    Kimdir Italiyani to‘xtata oladimi? Hech bo‘lmasa gol uradigan jamoa topilar?

    Shveysariyaga qarshi o‘yin oldidan Italiyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi yana bittaga ko‘paydi. “Skuadra adzzura” 28 o‘yindan buyon (rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlari bilan birga hisoblaganda) mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Manchini jamoasining oxirgi mag‘lubiyati 2018-yil sentabr oyida yuz bergandi. Shundan buyon italyanlar 23 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar nisbati esa: 77:7. Shunchaki dahshat! Italiya oxirgi 9 o‘yindan buyon umuman gol o‘tqazmasdan g‘alaba qozonib kelyapti.

    “Olimpiko” stadioni bilan bog‘liq tarix alohida ahamiyatga ega. Italiya bu stadionda mundial va Yevropa chempionati o‘yinlarining birortasida mag‘lubiyatga uchramagan (7 g‘alaba, 2 durang).

    Verratti jarohatidan to‘liq tuzalmagan, Florensi yo‘q. Manchini qanday tarkibni maydonga tushiradi?

    A guruhida Italiya raqiblaridan bir bosh ustun, qolgan 3 ta jamoa deyarli bir xil darajada. Manchini guruh bosqichidayoq rotatsiyani amalga oshirish imkoniga ega. Ikkinchi tur o‘yinida Alessandro Florensi maydonga tusha olmaydi. Jarohat olgan futbolchining o‘rnini Jovanni di Lorenso egallaydi.

    Marko Verratti qaydnomadan joy olgan. Lekin uning maydonga tushish ehtimoli kam. O‘ng qanot hujum chizig‘ida ham o‘zgarish bo‘lishi mumkin, Turkiyaga qarshi o‘yinda Domeniko Berardi kichik jarohat olgan, uning ustiga futbolchi ishonchsiz harakat qildi. Berardining o‘rniga katta ehtimol bilan Federiko Kyeza tushadi.

    Shveysariya

    Shveysariya birinchi turda durang natija qayd etdi, lekin o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori

    Uelsga qarshi uchrashuvda shveysariyaliklar g‘alabaga raqibidan ko‘ra ko‘proq yaqin keldi. Vladimir Petkovich shogirdlari raqib darvozasi oldida juda ko‘p vaziyatlarni yaratdi, lekin yakunlovchi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. Shveysariya 1-turda uelsliklardan ko‘ra yaxshiroq o‘ynadi. Ammo durang natija qayd etildi.

    Seferovich Turkiyaga qarshi o‘yinda ishonchli harakat qilmadi. Lekin Petkovich tavakkal qilib Gavranovichni tushirarmikan?

    Shveysariya 1-turda Denni Uord darvozasi oldida osonlikcha xavfli vaziyatlarni yaratdi. Ayniqsa, Haris Seferovichda 3 ta ajoyib vaziyat bo‘ldi. Lekin u imkoniyatlardan foydalana olmadi.

    Hujum chizig‘ida o‘zgarish bo‘larmikan? Seferovich vaziyatlarni ko‘kka sovuryapti. Uning o‘rniga tushishi mumkin bo‘lgan Mario Gavranovich esa oxirgi o‘yinlarda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Bosh murabbiy Petkovich oldida jiddiy muammo turibdi.

    Murabbiylar fikrlari:

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Shveysariyaga qarshi o‘yin juda muhim, biz raqiblarni hurmat qilamiz. Ayniqsa, hujumda ular juda xavfli. O‘yin taqdirini hal qila oladigan hujumchilarga ega. 1-turdan farqli ravishda tarkibda bir nechta futbolchini almashtirishim mumkin. Tarkib o‘zgarsa ham kuchimiz o‘zgarmasligini ko‘rdingiz. Italiya hamon Yevroning yetakchi jamoalaridan biri.Roberto Manchini, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Oradan 8 yil o‘tib “Olimpiko” stadioniga tashrif buyurdim. Rim — juda ajoyib shahar. O‘yinga butun diqqatimizni qaratamiz. Italiyani yutish sirlari yo‘q. Biz 90 daqiqa diqqatni jamlagan holda o‘ynashimiz lozim.

    Vladimir Petkovich, Shveysariya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Taxminiy tarkiblar: 

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Italiya: Janluiji Donnarumma; Jovanni di Lorenso, Leonardo Bonuchchi, Jorjio Kyellini, Leonardo Spinatssola; Manuel Lokatelli, Jorjinyo, Nikolo Barella; Federiko Kyeza, Lorenso Insinye, Chiro Immobile.

    Shveysariya: Ivon Mvogo; Kevin Mbabu, Niko Elvedi, Manuel Akanji, Fabian Sher, Rikardo Rodriges; Remo Froyler, Granit Jaka, Jerdan Shakiri; Bril Embolo, Haris Seferovich.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yini statistikasi: 

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Daniyani yenggan finlar Rossiyadan ham ochko olishga urinib ko‘radi

    Yevro—2020

    2-tur bahsi

    16-iyun, chorshanba

    Rossiya, Sankt-Peterburg. “Sankt-Peterburg” stadioni

    Finlyandiya – Rossiya 18:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Rossiya birinchi turda Belgiyaga qarshi o‘yinda hech narsa qila olmadi. Yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ruslar guruhning autsayderiga aylanib qoldi. Finnlar esa Daniya ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi. Bu o‘yinda Rossiyaga ochko suv va havodek zarur bo‘lsa, Finlyandiya birinchi turdagi ruhiyatni tushirmaslik uchun ham harakat qiladi.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yini statistikasi:

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Gol urish ilinjidagi turklar britaniyalik “ajdarlar”ga qarshi

    Yevro—2020

    2-tur bahsi

    16-iyun, chorshanba

    Ozarbayjon, Baku. “Olimpiya stadioni”

    Turkiya – Uels 21:00

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Italiyaga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng turklar iloji boricha gol urishga harakat qilishi zarur. Uelsga qarshi o‘yin ahamiyati juda yuqori. Uelsliklar esa Yevro—2016 dagi yurishini takrorlashi kutilgandi. Ammo birinchi o‘yin ko‘rsatib berdiki, jamoaga bu safar oson bo‘lmaydi. Beyl bekorga futbol butsasini golf oyoq kiyimiga almashtirish harakatida emas ekan. Garetning har beshta harakatidan faqat bittasi omadli chiqdi. U jamoasini ortidan yetaklay olmadi. Ikkinchi turda esa vaziyatni to‘g‘rilash uchun imkoniyat bor.

    Jamoalarning oxirgi 5 o‘yini statistikasi:

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    16.06.2021, 15:40   Izoh (0)   14973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Saudiyaning haloli bo‘lsin, biz oshga qaraylik, sovimasin”. Twitter olami Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston o‘yini haqida

    16.06.2021, 11:37

    Xayr, JCh—2022, Yevro tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan Ronaldu Coca-Cola’ga 4 mlrd zarar keltirdimi? Eng so‘nggi sport yangiliklari

    16.06.2021, 10:46

    Yevro—2020. 1-turning markaziy o‘yini taqdirini avtogol hal qildi

    16.06.2021, 01:59

    Vadim Abramov: “Meni gol ura olmaganimiz ko‘proq hayratlantirdi”

    16.06.2021, 01:38

    JCh—2022 yo‘lida. Saudiya Arabistoni O‘zbekiston milliy terma jamoasini yanchib tashladi va guruhda qoldirib ketdi

    16.06.2021, 00:55

    Yevro—2020. “O‘lim guruhi”dan joy olgan Portugaliya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, Ronaldudan dubl

    15.06.2021, 22:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.