• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahri va Toshkent viloyati onkologiya shifoxonalari yagona muassasa sifatida birlashtiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyun kuni sog‘liqni saqlash va kommunal xizmat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari Toshkent viloyati va poytaxt tumanlarida bo‘lganida, shuningdek, 28-may kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida kommunal tarmoqlarni yangilash, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘ygan edi. Shu borada mutasaddi vazirlik va hokimliklar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

    Xususan, Toshkent viloyatida 4 ming 938 ta ko‘p qavatli uy bor. Ularga 36 ta servis kompaniyasi va 369 ta shirkat xizmat ko‘rsatadi. Shirkatlarning yarmidan ko‘pi og‘ir ahvolda. Xizmatlar o‘z vaqtida va sifatli bo‘lmagani, zamonaviy yondashuvlar joriy etilmagani oqibatida iste’molchilar norozi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda hududdagi shu kabi kamchiliklar tanqid qilindi. Loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, tizimni to‘g‘ri tashkil etib, aholiga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Mamlakatning xorijiy davlatlar bilan aloqalarida hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyat berilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Tatariston bilan yaqin sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. Taqdimotda ushbu hamkorlik asosida amalga oshiriladigan iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar haqida ma’lumot berildi. Prezident loyihalarni tanqidiy baholab, hamkorlikni izchil kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

    Davlat rahbari bundan bir oy oldin Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga borib, bu yo‘nalishdagi shifoxonalarda sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ulardan kelib chiqib, 27-may kuni Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mazkur qarorga muvofiq, Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uchun yangi binolar qurish va jihozlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Buning uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududidan 5 gektardan ziyod yer ajratilgan. Binoni loyihalashtirishda xorijiy tibbiyot muassasalarining ilg‘or tajribasi inobatga olingan.

    Yangi markazda pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekshirishlar, zanjir reaksiyali analizatorlar, magnit-rezonans tomografiya, angiografiya uchun zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi. Immunoterapiya, target terapiya, chiziqli tezlatkich yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolash uslublari joriy etiladi.

    Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, barcha hududlardagi onkologiya shifoxonalaridagi sharoit, davolash sifati o‘rganilgan. Bunday kasalliklar bo‘yicha eng ko‘p murojaat Toshkent shahri va Toshkent viloyati filiallariga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni, ularda barcha bemorlarning qariyb 37 foizi davolangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklifi bildirildi. Buning natijasida salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo‘lishining oldi olinadi.

    Malakali shifokorlar tayyorlashga qaratilgan rejalar haqida ham ma’lumot berildi. Shu maqsadda Nikolay Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Hamkorlik doirasida kelgusi ikki yilda O‘zbekiston talabalarini Rossiyaga o‘qishga yuborish, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Pirogov nomidagi universitet filialini ochish rejalashtirilgan.

    Davlat rahbari loyihalarni ma’qullab, ularni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Shuningdek, taqdimotda tijorat banklari tomonidan shakllantirilgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoni qabul qilgani hamda O‘zbekistonda Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filiali ochilishi haqida xabar berilgandi.

    14.06.2021, 23:26   Izoh (0)   15941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda onasi tomonidan kaltaklanib, tilanchilik qilishga majburlab kelingani aytilgan bola voqeasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi

    14.06.2021, 23:11

    Buxoroda yana bir maktab o‘quvchisi suvga cho‘kib vafot etdi

    14.06.2021, 22:56

    “Dollar o‘rniga” — Markaziy bank oltin quymalarning iqtisodiy samarasi haqida ma’lumot berdi

    14.06.2021, 22:39

    “Prezident Administratsiyasi tomonidan tonirovka narxini kamaytirish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilgan” — deputat Doniyor G‘aniyev

    14.06.2021, 22:10

    Qoraqalpog‘iston Nexia zovurga tushib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi

    14.06.2021, 21:27

    Samarqanddagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

    14.06.2021, 21:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.