Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining ochilish o‘yinida Italiya va Turkiya terma jamoalari 11-iyun, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Rimda o‘tgan bellashuvda Italiyaning qo‘li baland keldi. Dastlab Turkiya himoyachisi Merix Demiral o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shundan so‘ng mezbonlar yana ikki bor turklar darvozasiga yo‘l topdi. Gollarga Chiro Immobile va Lorenso Insinye mualliflik qildi. Shu tariqa Italiya Yevro—2020 musobaqasini yirik g‘alaba bilan boshladi.
Har ikkala jamoa ham 2-tur doirasidagi o‘yinlarini 16-iyun kuni o‘tkazadi.
Yevro—2020
Guruh bosqichi, 1-tur
11-iyun, juma
Italiya — Turkiya 3:0
Gollar: 0:1 – 53, avtogol Demiral, 0:2 – 66 Immobile, 0:3 – 79 Insinye.Turkiya – Chaqir, Chelik, Merash, Demiral, Suyunju, Tufan (Ayxan, 64), Yaziji (Under, 46), Yokushlu (Qaxveji, 65), Chalxono‘g‘lu, Yilmaz, Karaman (Dervisho‘g‘lu, 76).
Italiya – Donnarumma, Spinatssola, Kyellini, Bonuchchi, Florensi (di Lorenso, 46), Jorjinyo, Lokatelli (Kristante, 74), Insinye (Kyeza, 81), Barella, Berardi (Bernardeski, 85), Immobile (Belotti, 81).
Ogohlantirishlar: Suyunju (88), Dervisho‘g‘lu (90).
Izoh (0)