Qirg‘iziston prezidentining rafiqasi Aygul Japarova birinchi xonim maqomini olganidan buyon ilk xorijiy safarini amalga oshirdi, deb yozadi Tengrinews.

Foto: kaktus.media

Qayd etilishicha, 9–10-iyun kunlari Qirg‘iziston prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ldi. Prezident bilan birga uning rafiqasi Aygul Japarova ham safarga borgan.

Tashrifning birinchi kunida Japarova klassik ko‘rinishni tanlagan. Zargarlik buyumlariga kelsak, u qoramtir marvaridi bor zanjir bilan tugmasimon sirg‘alarni afzal ko‘rgan.

Foto: kaktus.media

Foto: kaktus.media

Tashrifning ikkinchi kunida Japarovlar oilasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Chingiz Aytmatov nomidagi forumga tashrif buyurdi.

Foto: kaktus.media

Foto: kaktus.media

Aygul Japarova Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on bilan birga qirg‘iz yozuvchisi ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tomosha qildi. Ushbu tadbir uchun Qirg‘izistonning birinchi xonimi beldemchi milliy libosini kiygan. Emine Erdo‘g‘on o‘zining Twitter sahifasida uchrashuvdan olingan fotosuratni bo‘lishdi.

“Men mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning hurmatli rafiqasi Aygul Japarovani qabul qilganimdan juda xursand bo‘ldim. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashiga ishonaman”, — deb yozgan u.