Daryo

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Bu haqda OFK qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish106 780 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Futbolium

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini rasman yakunladi. Bu haqda OFK qarorgohida tashkil etilgan maxsus marosimda ma’lum qilindi.

Foto: Futbolium

Ermatov mazkur marosimda OFK tomonidan Osiyo futboliga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

“17 mavsum davomida OFKda faoliyat yuritish men uchun ulkan sharaf bo‘ldi. Osiyo Chempionlar Ligasining beshta finali, to‘rtta Osiyo Kubogi va uchta Jahon Chempionatida ishlash menga yorqin xotiralarni berdi.

Men Osiyo futbol oilasining a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Endi tayoqchani yosh kasbdoshlarimga topshirish vaqti keldi. Ishonchim komil, ular o‘z oldiga eng oliy maqsadlarni qo‘ygan holda, yuqori cho‘qqilar uchun intiladi”, — deydi Ermatov.

Ermatov 16 yillik faoliyati mobaynida uchta Jahon Chempionati final bosqichida qatnashdi va unda rekord darajada (11 o‘yin) ko‘p uchrashuvda ishladi. Shuningdek, Ermatov besh marta Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga loyiq ko‘rildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar