• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi Chirchiq daryosi bo‘yida villalar va xizmat ko‘rsatish punktlari quriladi

    Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni turizm, shahar infratuzilmasi, sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishgandi. Loyihalardan birida Chirchiq daryosi sohili bo‘ylab turli infratuzilma obyektlarini qurish ko‘zda tutilgan.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Avvalroq loyiha 2020-yil 29-may kuni Prezidentning Sergeli va Zangiota tumanlariga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangani haqida xabar berilgandi. Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining 16 kilometrlik qismini 65—80 metrgacha toraytirish rejalashtirilmoqda. Hosil bo‘lgan bo‘sh yer maydonida “Daryo bo‘yi Business City” loyihasi amalga oshiriladi. U yerda ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari yaratiladi.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, loyiha 16 kilometr masofadagi — Ohangaron shossesidan Yangihayot tumanigacha bo‘lgan hududni egallashi kutilmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etgan loyihaga ko‘ra, daryo qirg‘og‘ini toraytirish, ochilgan hududda zamonaviy turar joylar qurish, rekratsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hududlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Obodonlashtirilgan sohil bo‘yi yaratiladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Toshkent hokimi o‘rinbosari — Investitsiyalarni boshqarish va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonov “Daryo bo‘yi Business City” loyihasi ikki yil davomida amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bunda Bektemir tumanidagi birinchi bosqichni 2021-yilda yakunlash rejalashtirilmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, daryo o‘zanini toraytirish hisobiga 5 kilometr masofadagi birinchi qismida 40 gektarga yaqin yer bo‘shatiladi. Ochilgan hududda savdo markazlari, zamonaviy ishlab chiqarish binolari, mehmonxonalar va sayr zonalari paydo bo‘ladi.

    Taqdimotga ko‘ra, ikkinchi bosqichda (5 kilometr) — villalar, uchinchisida (3 kilometr) sohil bo‘yi shaharchasi, to‘rtinchisida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish punktlari qurish rejalashtirilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Loyihaning umumiy qiymati 100 million dollarga baholanmoqda.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov ushbu loyiha sharofati bilan shaharning “suv arteriyasi” tartibga solinishi va xavfsiz bo‘lishini bildirdi.

    Chirchiq daryosi havzasining toraytirilishi hisobiga bo‘shatiladigan jami 400 gektar yer “Daryo bo‘yi Business City” loyihasi doirasida investorlarga sotilishini Business City direksiyasi investorlar bilan ishlash menejeri Iroda O‘rinova ma’lum qilgandi. Ushbu hududda, shuningdek, dam olish joylari, turar joylar, savdo-ko‘ngilochar markazlar, maktablar, fabrikalar va boshqa obyektlarni qurish ham rejalashtirilgan.

    “Bugungi kunda suv sathi avvalgi ko‘rsatkichlardan past. Daryo sohillari juda uzun, biroq, afsuski, hozirda inson aralashuvi sababli achinarli ahvolga kelib qolgan. Ko‘rinib turibdiki, tutash hududlar karyerga aylanib qolgan, bu yerda mashinalar ko‘p. Bu ekologiya uchun juda katta zarar, chunki bu yerdan tabiat resurslari — tuproq va shag‘al olib chiqib ketilmoqda”, — deb ta’kidlagan Iroda O‘rinova.

    Qirg‘oqlarni mustahkamlash va daryo havzasini toraytirish loyihasi uchun Moliya vazirligi Toshkent hokimiyatiga 300 milliard so‘m miqdorida foizsiz ssuda ajratadi. Mablag‘ bo‘shatilgan yerlarni investorlarga sotish hisobiga qaytariladi.

    Mavzuga doir: Nurafshonda “aqlli shahar” o‘rniga Business City quriladi

    01.06.2021, 22:10   Izoh (0)   36149
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 31-maydagi harorat mutlaq maksimumga yetdi

    01.06.2021, 21:41

    Toshkentdagi Magic City ko‘ngilochar bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni ko‘paygani bois ba’zi ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

    01.06.2021, 21:27

    Shavkat Mirziyoyev “Angor Surxon g‘ururi” klasterida g‘alla hosilini ko‘zdan kechirdi

    01.06.2021, 20:58

    O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan qancha bola borligi ma’lum qilindi

    01.06.2021, 20:34

    Buxoroda xayriya plastik kartasiga yig‘ilgan 1 mln so‘mni o‘g‘irlagan 18 yoshli fuqaro qo‘lga olindi

    01.06.2021, 19:33

    Sirdaryoda erkak uy-joy talashib xolasi va uning farzandini o‘ldirib, yoqib yubordi

    01.06.2021, 18:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.