• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazmdagi xususiy bog‘chada tarbiyachilarning e’tiborsizligi sabab 2 yoshli bolaning barmog‘i kesilib ketdi

    Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining tarbiyalanuvchilardan biri muassasa xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘ini kesib olgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda urganchlik Mohira Atajanova farzandi 2019-yilda tug‘ilgan Shohjahon Doschanov Urganch shahridagi “Osiyo bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgani hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘i qattiq jarohatlanib, kesilib ketganini ma’lum qilgan.

    Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha zudlik bilan Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbariyati bilan bog‘lanilib, vaziyatga oydinlik kiritilgan. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan ro‘y bergan holat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan hamda 26-aprel kuni tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisining e’tiborsizligi tufayli baxtsiz hodisa sodir etilgani tasdiqlangan. Tarbiyalanuvchiga jarohat yetganini ko‘rgan tarbiyachi bolani kasalxonaga yetkazgan.

    “Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisoblanib, 35 quvvatga ega, bugungi kunda 22 nafar bola tarbiyalanmoqda. 2018-yilda tashkilotga o‘z faoliyatini yuritish uchun tegishli tartibda guvohnoma berilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bunday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermagan.

    Maktabgacha ta’lim vazirligi hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish tadbirlari o‘tkazilayotgani, qolaversa, sodir etilgan noxush holatga e’tiborsiz emasligini ma’lum qilgan.

    “Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan keyingi tafsilotlar huquq-tartibot organlari axborot xizmatlari tomonidan beriladi”, — deyiladi xabarda.

    Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241-son qarorga ko‘ra, ushbu “Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ta’lim va tarbiya faoliyatini yuritish uchun litsenziya berilgan.

    Avvalroq Farg‘onada bog‘cha bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachiga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Namanganda bog‘chada tanasining 70 foizi qaynoq suvdan kuygan bola vafot etdi. Hodisa ro‘y berganidan ikki oy o‘tib jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
    • Qoraqalpog‘istonda bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Bunga qonunbuzarlikda gumonlangan mudiraning ishga qayta tiklanishi sabab bo‘lgan

    31.05.2021, 12:10   Izoh (0)   29641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 13 yoshli qizini 3,5 ming dollarga sotishga uringan ayol ushlandi

    31.05.2021, 11:49

    Toshkentda taksichilarni talon-toroj qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi. U kamida 15 ta epizod bo‘yicha ayblanmoqda

    31.05.2021, 11:10

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 211 kishida koronavirus tasdiqlandi

    31.05.2021, 10:29

    “O‘zkomnazorat” “Mail.ru Group”, Twitter va Tencent kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

    31.05.2021, 10:24

    Qashqadaryolik bloger sayyor qabulda viloyat hokimini videoga olgani uchun haqoratlanganini aytdi. Uni IIB xodimi tadbirdan olib ketishga uringan

    31.05.2021, 10:11

    Foto: Yoshlar festivalida osh damlagan To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi

    31.05.2021, 08:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.