Ukrainaning Kiyev shahrida Valeriy Lobanovskiy xotirasiga bag‘ishlangan futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston U-21 terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Yoshlar terma jamoasi bu yo‘lda Ozarbayjon (1:0) va mezbon Ukrainani (2:0) mag‘lub etdi.
Ozarbayjonga qarshi o‘yindagi yagona golga Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi. Ukraina bilan bo‘lgan bellashuvda ham Jasur o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi, yana bir golni esa Husayn Norchayev kiritdi.
Valeriy Lobanovskiy xalqaro xotira musobaqasi U-21
Izoh (0)