Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2021-yilning 26-may kuni soat 14:45 da Buxoro shahar “J.Ikromiy” mahallasida joylashgan 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida Buxoro shahar hokimligi binosi oldida sodir etilgan janjal holati tasvirlangan.
Ushbu holat shu kuni soat 14:49 da Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismida yuritilayotgan Shakl-2 jurnaliga qayd etilib, kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Ushbu mushtlashuvda tan jarohati olgan va mushtlashgan fuqarolarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilgan bo‘lib, hozirda tan jarohati olgan A.A. va J.R.ning olgan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, voyaga yetmagan F.J. va F.J., A.A. hamda boshqalarning harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
Bundan avval andijonlik ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirgani, Kosonda to‘polon ko‘targan xotin-qizlar mayda bezorilik va karantin qoidalarini buzishda ayblangani hamda Termizdagi restoranda iftorlik paytida yuz bergan bir guruh shaxslar mushtlashuvi yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)