• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Rok-n-rol qiroli va uning malikasi: Elvis Presli va Prissilla Bolyening muhabbat qissasi (foto)

    24-may kuni Elvis Preslining yuragini zabt etgan va uning yagona rafiqasi bo‘lgan ayol – Prissilla Bolye tavallud ayyomini nishonladi. Rok-n-roll qiroli qanday qilib 14 yoshli qizni sevib qolgani, uning ota-onasiga munosib kuyovligini yillar davomida isbotlaganligi va u bilan turmush qurish uchun uni 8 yil kutganini bilasizmi?

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Faqat olti yil turmush qurganiga qaramay, Elvis va Prissilla Gollivud tarixidagi eng yorqin va chiroyli juftliklardan biri unvoniga sazovor bo‘lgan. Ularning sevgi hikoyalari hayotda kamdan-kam uchraydigan ajoyib ertakka o‘xshar edi. Albatta, unda kutilmagan lahzalar ham bo‘lgan. Ammo bugungi kunda ham rok-n-roll qiroli vafotidan bir necha o‘n yillar o‘tgach, Prissilla Presli sevgilisini ajoyib iliqlik va mehr bilan eslaydi: “Men hali ham uning mavjudligini his qilaman, – degan edi u 2017-yilda. – Uyimizdagina u o‘zini xotirjam his qilar, o‘zligicha namoyon bo‘lar edi. Uning zinadan pastga tushishini hali ham tasavvur qilaman. Har kuni ertalab otxonaga borib, shunchaki suhbatlashar edik. Menimcha, bu mening sevimli xotiralarimdan birigina, xolos”.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Elvis va Prissilla birinchi marta 1959-yilda Germaniyada uchrashgan. 24 yoshli musiqachi harbiy tayyorgarlikni tugatgandan so‘ng u G‘arbiy Germaniyada joylashgan bazaga yuborilgan. U yerdagi qismlarning birida u AQSh havo kuchlari zobitining Prissilla ismli 14 yashar qizi bilan uchrashadi. Hatto o‘sha paytda ham qiz ajoyib go‘zallik bilan ajralib turardi – quyuq qalin sochlar, toza ko‘k ko‘zlar va bejirim burun. U o‘shanda jozibador yozgi dengizchi libosini kiyib olgandi. Presli esa bir qarashda qizning asiri bo‘ldi-qoldi. Qiz darhol musiqachiga 9-sinfda o‘qiyotganini ma’lum qiladi, ammo bu unga xalaqit bermadi. “Men Elvisning e’tiborimni jalb qilmoqchi bo‘lganini ko‘rdim, – deb eslaydi Prissilla tabassum bilan. – Qanchalik kam qiziqish bildirgan bo‘lsam, u shunchalik qat’iyatli edi. U menga qo‘shiqlar kuylardi. Elvis Preslining meni yoqtirib qolishimni juda xohlaganiga hatto ishongim ham kelmasdi!” Shunga qaramay, ular yaqindan tanishib oladi.  Xayrlashish vaqtida Elvis Prissillaning telefon raqamini so‘raydi. Ammo qiz uning qo‘ng‘iroq qilmasligiga ko‘proq ishonar edi. Bir necha kundan keyin uning uyida qo‘ng‘iroq chalinadi. Go‘shakning ikkinchi tomonida rok-n-roll qirolining ovozi eshitilar edi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Prissilla doimiy ravishda musiqachi haqida o‘ylar, darslarga diqqatini jamlay olmas edi. Va shu bilan birga, bir muncha vaqt u hech kimga bunday taniqli odam unga mehr ko‘rsatayotganini ayta olmadi. Bunga tengdoshlari shunchaki ishonmas va uni masxara qilishi turgan gap edi. Biroq, tez orada Elvis Preslining – XX asrning eng kelishgan erkaklaridan biri, Gollivudning yulduzida jiddiy rejalar borligi aniq bo‘ladi. U doimiy ravishda chiroyli maktab o‘quvchisini uchrashuvlarga taklif qilar va unga plastinkalarini berardi. Ular Yevropa ko‘chalarida sayr qilar, suratga tushar va suhbat qurar edi. Elvis o‘zining Prissillasiga g‘amxo‘rlik qildi, doimo sevgisini tan oldi. Uning jiddiy niyatlarini tasdiqlash uchun hatto ota-onasi bilan uchrashishgacha borgan. Prissilla biroz qo‘rqdi ham, chunki u kichik qiz mashhur musiqachi bilan uchrashganiga ota-onasi qanday munosabatda bo‘lishini bilmas edi. Chindan ham ko‘p o‘tmay qizning qo‘rquvi o‘z tasdig‘ini topdi. “Otam, albatta, yo‘q, dedi onam esa, agar Elvis Presli ko‘chaning narigi tomonida bo‘lsa ham, rozi emasligini aytdi, – dedi Prissilla. – Men haqiqiy jangga duch kelayotganimizni bilardim”. Yaxshiyamki, bu jangda yosh sevishganlar g‘alaba qozondi: Elvis ota-onasi bilan uchrashuvga harbiy kiyimda keladi, albatta, Prissillaning otasi buni qadrladi va o‘zini juda bosiq, muloyim tutdi. Erkaklar uzoq vaqt davomida bu narsani muhokama qildi va qaytib kelgach, qizning otasi biroz yumshagan edi. Ona ham musiqachini hayratda qoldirdi. Shuning uchun, ota-onalar nihoyat bu munosabatlarga o‘zlarining roziligini bildirdi. Ammo ular Elvisga Prissilla maktabni tugatishi kerakligini eslatib o‘tgan edi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Qizning juda yoshligi u va Elvis birgalikda jamoat oldida ko‘rinmasliklarini anglatardi. Ammo ular uchun sirli sanalar yetarli edi. Xonanda hattoki sevgilisining juda yosh va tajribasizligini yoqtirardi. “U meni tarbiyalashi uchun yetarlicha yoshligimni aytdi, – dedi va katta bo‘lganida, albatta, mukammal ayolga aylanishiga ishonganini esladi Prissilla. – Menga u o‘zining xayolidagi ‘mukammal ayol’ obrazini tasvirlab berdi va bunga juda mos kelishimga ishontirdi”. U ko‘k ko‘zli kamtarin qoramag‘izlarni yoqtirardi. “Va, albatta, unga sadoqat juda muhim edi, ayniqsa, ayol tomonidan”, – deydi Prissilla.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    1960-yilda Elvisning xizmati tugadi va u Amerikaga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Prissilla uni aeroportga kuzatib qo‘ydi. O‘sha kuni paparatssilar xayrlashish paytida ularning bir nechta ta’sirchan rasmlarni olishga muvaffaq bo‘ldi, keyinchalik ular “Life” tomonidan nashr etildi. Masofa ularning munosabatlariga to‘sqinlik qilmadi: Elvis doimiy ravishda sevikli insoniga qo‘ng‘iroq qilib, iliq maktublar yubordi. Vataniga qaytganidan uch hafta o‘tgach, uning Nensi Sinatra bilan uchrashgani haqida mish-mishlar matbuotda tarqaldi. Prissilla xavotirdan o‘ziga joy topolmadi. Ammo tez orada u Elvisning o‘zidan uning hayotidagi yagona muhabbat ekanligiga ishonch hosil qilgan sokin ovozini eshitdi. Va qiz unga ishondi. Keyingi bir necha yil ichida u sevgilisining navbatdagi romantikasi haqida hayqirgan turli nashrlardagi maqolalarga dosh berishni o‘rganishi kerak edi. Elvis Presli kabi  katta hamda yulduz bilan aloqada bo‘lish oson bo‘lmagan. Ammo Prissilla ularning baxtli kelajagi uchun imkoniyat borligiga ishongan. Va musiqachi uning umidlarini puchga chiqarmagan.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Elvis Prissillani 1962-yil mart oyida Los-Anjelesga taklif qiladi. Qiz baxt bilan yettinchi osmonda va allaqachon uzoq kutilgan uchrashuvgacha kunlarni sanashga kirishgan edi. Ammo ota-onalar sevimli qizlarini dunyoning narigi chetiga butunlay yolg‘iz qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklariga shubha qila boshladi. Va keyin Elvis yana o‘zini haqiqiy janob kabi tutdi. U qizning ota-onasiga Prissillani himoya qilishini, uning birinchi darajali chiptalarini ikki yo‘nalishda sotib olishini va u hamma joyda soqchilar bilan birga bo‘lishiga amin bo‘lishini va’da qildi. Bundan tashqari, ular Prissilla har kuni ota-onasiga xat yozishini, ular u bilan hammasi yaxshi ekanligini bilishlarini kelishib oldi. Faqatgina shunday sharoitlarda qizning uchib ketishga ruxsat berilgan edi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Iyun oyida Prissilla “Farishtalar shahri”ga yetib keldi. Ertasi kuni Elvis kichik sayohatga borishni taklif qildi va shaharga tun tushganida, ular allaqachon hashamatli mashinada o‘tirgan edi, ularni chiroqlar va ko‘ngil ochar markazlar bilan to‘ldirilgan Las-Vegas tomon olib ketishdi. Musiqachi o‘zining “kichkina malika”sini qimmatbaho do‘konlarga olib kirdi. Qizning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar nafaqat musiqachini, balki Prissillani ham mamnun qilgandi. U o‘zini nihoyat ota-ona qaramog‘idan xalos bo‘lgan katta yoshli qiz kabi his qildi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Prissillaning Amerikadagi ta’tili tugagach, u yana uyiga qaytdi. Ammo bu safar u tez orada Elvis bilan yana ko‘rishishga amin edi. Darhaqiqat, 1962-yil oktyabr oyida qiz Memfisga – musiqachining qarindoshlariga tegishli bo‘lgan uyga ko‘chib o‘tdi. Ayni paytda, Elvisning karyerasi yuqoriga ko‘tarildi, u doimiy suratga olish maydonida edi, shuning uchun Prissilla uni juda sog‘inardi. Bunga qo‘shimcha ravishda uning menejeri o‘zini yoqtirmasligini tushundi: U Elvisning sevgilisi borligini hamma bilishini istamasdi, chunki bu holda muxlislar undan yuz o‘girishi mumkin edi. Va bu, albatta, uning mashhurligi va daromadiga ta’sir qilardi. Ammo Prissilla shou-biznes olami naqadar shafqatsizligini allaqachon anglagan va menejerdan g‘azablanmadi ham. “U mehribon edi, – dedi u yumshoq ohangda. – U shunchaki muxlislar meni Elvis uchun yagona ekanligimni bilishlarini istamadi”.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Ammo musiqachi uchun muhabbat baribir muhimroq edi. Va birinchi uchrashuvdan deyarli sakkiz yil o‘tgach, Elvis Prissillaga uch karatli olmos uzukni sovg‘a qildi. Albatta, qiz uning rafiqasi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Ular 1967- yil 1-mayda Las-Vegasda turmush qurdi. Baxtli kuyov klassik ipak smokingda, kelin esa toshlar va marvaridlar bilan bejirim bezatilgan oppoq libosda paydo bo‘ldi. Rasmiy marosimdan so‘ng Aladdin mehmonxonasida 100 kishilik to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi, natijada yangi turmush qurganlar Elvisning mashhur “Love me tender” qo‘shig‘iga raqsga tushdi. Ular asal oyini Kaliforniyada o‘tkazdi, shu vaqt ichida Las-Vegasdagi to‘y marosimiga bora olmagan do‘stlari va oila a’zolari uchun yana bir ziyofat uyushtirdi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Elvis va Prissilla to‘yidan to‘qqiz oy o‘tgach, ularning qizi tug‘ildi. Chaqaloqqa Liza-Mari ismini berishga qaror qilindi. Prissilla Elvis unga hech qachon farzand parvarishida yordam bermagan bo‘lsa ham, “ajoyib ota” ekanligini aytdi. Buning o‘rniga Elvis o‘zining ikkinchi “kichkina malikasi” hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun juda ko‘p harakatlarni amalga oshirgan. “U chindan ham chaqalog‘i uchun hech qachon pulini ayamagan, uni zargarlik buyumlari va sovg‘alarga ko‘mib tashlagan. Bir kuni Liza-Mari qorbo‘ron o‘ynashni xohladi, keyin esa Elvis uni qorli joyga olib boradigan shaxsiy samolyotiga mindirdi. Va uning tug‘ilgan kunlaridan birida u butun o‘yingohni ijaraga olgan”.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Biroq Prissilla va Elvis o‘rtasidagi munosabatlarda kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi, hattoki farzand ham ularni birlashtirishga yordam bera olmadi. “Elvis hayotini uydan tashqarida davom ettirardi”, – deydi Prissilla. U rafiqasiga qiziqishni yo‘qotishni boshladi, do‘stlari va yangi qiz do‘stlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Prissilla uzoq vaqt davomida erining sarguzashtlariga ko‘zlarini yumdi. “Men ba’zi fitnalar bo‘lishi mumkinligini bilardim, ammo ularning barchasi ahamiyatsiz edi”, – deb tan oldi u. Va shunga qaramay, 1972-yilga kelib uning sabr-toqati tugadi va u Elvisga ajrashish uchun ariza yozayotganini aytdi. “Mening hayotim butunlay unga tegishli edi, – deydi keyinchalik Prissilla. – Asosiysi, u baxtli bo‘lishi kerak. Mening muammolarim ikkinchi darajali edi. Ammo men o‘sishni xohlardim. Nimadir qilishim kerak edi”. Elvis o‘zini munosib tutdi va Prissilla bilan ajrashishga rozi bo‘ldi. Ularning ajrimi 1973-yil 9-oktyabrda yakunlandi. Ular birgalikda qo‘l ushlashgancha sud zalidan chiqib ketdi.

    Elvis va Prissilla do‘st bo‘lib qoldi. Musiqachi tez-tez u bilan shaxsiy narsalarni bo‘lishish yoki maslahat so‘rash uchun Prissillaga qo‘ng‘iroq qilar edi. Prissilla  har doim uning javob berardi – kunning qay vaqtidan qat’i nazar. Ammo ularning hayoti turli yo‘nalishlarda harakatlana boshladi: Prissilla yanada gullab-yashnagan va aktrisalik kasbidagi birinchi qadamlarini qo‘yganida, Elvis moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Prissilla unga g‘amxo‘rlik qildi, ammo baribir uni fojiali o‘limdan qutqara olmadi. 1977-yil 16-avgustda Prissillaga qo‘ng‘iroq qilinib, Elvisning o‘ligi topilganligi aytilganida, u juda xafa bo‘ldi. U shunchaki uning endi yo‘qligiga ishonmasdi. Prissilla bularning barchasini Elvisning jamoatchilik e’tiboridan, shon-shuhratdan yashirinishga urinishi yo‘lidagi hiylasi bo‘lib chiqishini juda xohlagan edi. Ammo, afsuski, tez orada haqiqat ayon bo‘ldi.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Elvisning vafotidan so‘ng, Prissilla kino karyerasini, so‘ngra tadbirkorlikni boshladi. U boshqa turmushga chiqmadi.  Hozirga qadar Prissilla rok-n-roll qiroli ishlari bilan shug‘ullanadi: u o‘zining sobiq uyini Amerikadagi eng mashhur muzeylardan biriga aylantirgan va sobiq turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan o‘nlab loyihalarni amalga oshirgan.  Uning yordami bilan Elvis Preslining ulkan musiqiy merosi saqlab qolindi.  Prissilla bugungi kunda ham unga o‘limi haqida o‘ylash qiyin ekanligini tan oldi. “U hayotimning juda muhim qismi edi, – deya afsus bilan eslaydi u. – U men uchun hamma narsa edi: ruhimga yaqinim, turmush o‘rtog‘im, va borlig‘im”.

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Mavzuga doir:

    • Jahon yulduzlarining chaqaloqlari bilan tushgan retro suratlari (foto)
    • Elvis Presliga tegishli bo‘lgan Mercedes auksionga qo‘yildi. Mashinaga qo‘shiqchining plastinkalari ham qo‘shib beriladi
    • AQShda Elvis Preslining gitarasi 1,32 mln dollarga sotildi

    27.05.2021, 21:57   Izoh (0)   27316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kashf etilishiga savdo markazlari sababchi bo‘lgan yulduzlar (foto)

    27.05.2021, 19:21

    Gonorar, stilist va shaxsiy samolyot: Yulduzlarning hashamatli hayot kechiradigan uy hayvonlari (foto)

    27.05.2021, 16:48

    Maromiga yetkazib ijro etilgani uchun “Oskar” olib kelgan obrazlar (foto)

    27.05.2021, 13:35

    “Sumerki” yulduzi Robert Pattinson Warner Bros. kinokompaniyasida prodyuser sifatida ish boshlaydi

    27.05.2021, 12:47

    Instagram: Oybek va Nigora xonadonidagi shodiyona, Dilnoza Kubayeva ijrosidagi qo‘shiq, Gulchehra Eshonqulova amma bo‘ldi

    26.05.2021, 22:26

    “YPX xodimlari ‘Qalpoq’ning alamini mendan oldi”. Iskandar Hamroqulov qaysi mavzularda hazil qilishdan qo‘rqishi haqida gapirdi (video)

    26.05.2021, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.