Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 26-may kuni Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, avtohalokat soat 04:30 atrofida O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Kuchlik” neft baza yaqinida yuz bergan.
Navro‘z Omonboyev 1985-yilda Zangiota tumanida tug‘ilgan. Shahar IIB boshlig‘i lavozimida bir yildan ko‘proq vaqt davomida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-sentabrida Toshkentda YPX inspektori serjant Salim Umarov Lacetti urib yuborishi oqibatida, 4-sentabrda esa Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani IIB profilaktika inspektori Ravshan Boqiyev Damas urib ketishi oqibatida vafot etgandi.
Izoh (0)