• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘simliklar himoyasi – oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirishda juda muhim tizim.

    Ilgari bu ishlar birgina “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan edi. Oxirgi yillarda mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar yetkazib berish bilan klaster va fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari ham erkin shug‘ullanmoqda. “O‘zagrokimyohimoya” xizmatlariga talab esa kundan kunga kamayib bormoqda.

    Shu bois yig‘ilishda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha yangi tizim tashkil etish, hududlarda bu boradagi xizmatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatini tugatib, uning vakolat va vazifalarini boshqa tuzilmalarga o‘tkazish taklifi bildirildi. Bunda o‘simliklarni himoya qilish va chigirtkaga qarshi kurashish vazifasi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi o‘tkaziladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tut parvonasiga qarshi kurashish Ipakchilik uyushmasi va uning tarkibidagi klasterlar hamda tuman hokimlariga yuklatiladi. Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga beriladi. Shuningdek, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish xizmatlari ham tanlov asosida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

    Davlat rahbari mazkur taklifni ma’qullab, bu islohotlarni amalga oshirish uchun bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida respublika komissiyasi va joylarda viloyat hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuzishga ko‘rsatma berdi.

    Biolaboratoriya va “o‘simliklar klinikalari”ni tashkil etib, malakali agronom va entomologlarni jalb etib, dalagacha yetib boradigan xizmatlar tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

    Bunda har bir hududning iqlimi va sharoitidan kelib chiqib, ish tutish talabi qo‘yildi. Masalan, Surxondaryoda “beda qandalasi”, Buxoroda “vilt”, boshqa viloyatlarda “pomidor kuyasi” tarqalgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish, kimyoviy vositalarni me’yorida va muddatida ishlatish bo‘yicha metodologiya yaratish muhimligi aytildi.

    Soha rivojini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga “Agrobank” mas’ul etib belgilandi. Zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, uskuna va texnikalar sotib olish hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning aylanma mablag‘i uchun birinchi bosqichda 150 milliard so‘mlik kredit liniyasi ochish vazifasi qo‘yildi.

    O‘simliklarni himoya qilish sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbirkorlar xarid qiladigan laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bo‘yicha kredit foizining asosiy stavkadan oshgan qismi budjetdan qoplab berilishi hamda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 50 foizgacha bo‘lgan qismiga kafillik ajratilishi qayd etildi.

    Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan tuproq tarkibi va o‘simliklarni laboratoriyalarda tahlil qilish bo‘yicha fermer va dehqonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 30 foizi budjetdan qoplab beriladi. Biologik va kimyoviy xizmat ko‘rsatadigan tadbirkorlarga amaldagi soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

    Prezident sohada ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratdi. O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika bazasini yaxshilab, malakali kadrlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish zarurligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida soha mutaxassislarini tayyorlash tizimini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha hukumat qarori ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    O‘zbekistonda ishlayotgan chet ellik agronomlarni jalb qilib, qishloq xo‘jaligi kollejlarida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Shaharlardagi mevali va manzarali daraxtlar, buta hamda gullarni himoya qilish xizmatlarini kengaytirish zarurligi ham aytib o‘tildi.

    Soha mutasaddilari va viloyat hokimlari yangi tizimni samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan hisobot berdi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘llagani hamda Shavkat Mirziyoyev “Rossiya temir yo‘llari” bosh direktorini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

    25.05.2021, 21:27   Izoh (0)   14852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    25.05.2021, 21:13

    “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar

    25.05.2021, 20:35

    UzReport TV telekanali Beeline’ni sudga berdi

    25.05.2021, 20:11

    Samarqand shahridagi barcha ta’lim muassasalari 26-maydan an’anaviy ta’limga qaytadi

    25.05.2021, 19:34

    Islom Karimov qarorgohini turistik obyektga aylantirish taklif etildi

    25.05.2021, 19:10

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Jurnalistlar to‘yni to‘ydek qilib berishdi — endi qancha tanqid qilishsa roziman”

    25.05.2021, 18:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.