Meduza Angliyaning Dadli shahrida gamak (belanchak) “asiri”ga aylangan Chui laqabli itning videosi bilan bo‘lishdi.
Chui biroz hordiq chiqarishga qaror qilgan, biroq gamakning o‘z rejalari bo‘lgan ko‘rinadi — u itni qattiq tutib qolib, uzoq vaqt qo‘yib yubormagan. Jonivorga uning ustida yotish nasib etmagan.
Vaziyat shu qadar keskinlashib ketganki, Chuiga boshqa bir ovcharka yordamga kelib, gamakka qarab vovillagan. Barchasi yaxshilik bilan yakunlangan: bir daqiqa davom etgan tipirchilash va vovillashdan so‘ng it gamak “changalidan” qutilishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq Meksikada syorfing bilan shug‘ullanayotgan it, Irlandiya prezidentining iti uning chiqishiga xalaqit berishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)