Irlandiya prezidenti Maykl Xiggins aktyor Tom Xikining vafoti munosabati bilan nutq so‘zlayotganida uning Bern zennenxund zotli iti o‘z xo‘jayinini o‘yinga chalg‘itishga urindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Xigginsning uy hayvoni o‘z xo‘jayinining e’tibori uchun “kurashgan” — tumshug‘i bilan uni turtgan va prezidentning qo‘lidan biroz tishlagan, ammo tajribali irland siyosatchisi bunga e’tibor qaratmasdan, nutqini davom ettiravergan.
Yetti oylik o‘yinqaroq kuchukning laqabi Misnix. Prezident bilan u yaqindan — 2021-yilning martidan boshlab yashamoqda. Xigginsning shu zotga mansub yana bir iti bor bo‘lib, u ham tez-tez Irlandiya yangiliklarda ko‘rinish berib turadi.
Avvalroq arkanzaslik qizning mushugi notiqlik san’ati darsida parda bilan “jang qilgani”, bundan bexabar uning egasi esa o‘z chiqishini davom ettiravergani to‘g‘risida xabar berilgandi.