“Sevimli” telekanalining “Mahallada duv-duv gap” ko‘rsatuvi suratga olinayotgan paytda studiyaga kutilmagan mehmon kirib qoldi. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda.
Boshlovchilar va ko‘rsatuv ishtirokchilari muammoni muhokama qilayotganda studiyaga mushuk kelib qoladi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Tursunoy Alimova mushukni ko‘rib, miyig‘ida kulib qo‘yadi. Jonivor esa bemalol studiyada harakatlanib, hammaning e’tiborini o‘ziga qaratadi. Birozdan so‘ng telekanal xodimi kelib, uni quvmoqchi bo‘ladi. Mushuk esa uni quvishlaridan avval studiyani tark etadi.
Izoh (0)