• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Egasi yo‘q muammo: imlodagi chalkashliklarga yechim kerak

    Har qaysi tilda imlo lug‘atlarining turli xatolar, chalkashliklardan xoli bo‘lishi til foydalanuvchilari va o‘rganuvchilar uchun ham birdek foydali hisoblanadi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bu safargi chiqishida o‘zbek tilining lotin alifbosida bosmadan chiqqan imlo lug‘atlaridagi chalkashliklar, bir-birini rad qiluvchi o‘rinlar borasida fikr-mulohazalarini bayon etdi. 

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlangach, 1995-yili maktablar uchun qo‘llanma sifatida imlo lug‘ati nashr etildi. Keyinchalik 2013-yili 85 000 dan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan va hozircha o‘zbek lotin alifbosidagi eng qamrovli imlo lug‘ati bosmadan chiqdi. Ikki lug‘atdagi bir necha o‘nlab so‘zlar imlosida farq bor. Shu sababli foydalanuvchilar orasida turli tushunmovchilik va chalkashliklar paydo bo‘lgan. 2013-yilgi lug‘at chop etilganiga ham sakkiz yil bo‘lyapti. Lekin qaysi lug‘atga asoslanish kerakligi haqida haligacha aniq ko‘rsatma yo‘q. Xo‘sh, bu masalani kim hal qilib beradi? Davlat tilini rivojlantirish departamentimi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutimi yoki Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetimi?

    Bugun asosan ikkita lug‘atga: 1995-yili “O‘qituvchi” va 2013-yili “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan lug‘atlarga ko‘p murojaat qilinadi. Biroq bu ikki lug‘atda bir-birini rad qiladigan o‘rinlar bor.

    Jumladan, 1995-yilgi lug‘atga sentabr, oktabr shaklida kiritilgan so‘zlar 2013-yilgi lug‘atdan sentyabr, oktyabr ko‘rinishida o‘rin olgan. Umuman, 2013-yilgi lug‘at kirillcha imloni lotinchaga ag‘darish yo‘lidan borgan. 1995-yilgi lug‘at chetdan kirgan so‘zlardagi “yolashgan” unlilarda va boshqa so‘zlarda ko‘proq o‘zbekcha talaffuzga yon bosgan.

    Xo‘sh, bu ikki lug‘atdan qaysi biridan foydalanish kerak? Quyida ikki lug‘atda turlicha yozilgan so‘zlardan ba’zilari bilan tanishish mumkin:

    1995-yilgi lug‘atga ko‘ra yozilishi       

    • Aluminiy
    • Brilyant
    • Budjet
    • Dirijor
    • Dujina
    • Duym
    • Glukoza
    • Kastrul
    • Kastum
    • Lustra
    • Miniatura
    • Parashut
    • Regulator
    • Rejissor
    • Verstka
    2013-yilgi lug‘atga ko‘ra yozilishi
    • Alyuminiy
    • Brilliant
    • Byudjet
    • Dirijyor
    • Dyujina
    • Dyuym
    • Glyukoza
    • Kastryul
    • Kostyum
    • Lyustra
    • Miniatyura
    • Parashyut
    • Regulyator
    • Rejissyor
    • Vyorstka
    Ayni damda Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha darsliklar yangitdan ishlanyapti. Bu jarayonda qaysi bir lug‘atdan foydalanish masalasi ko‘ndalang turibdi. Shu paytgacha chiqqan aksariyat darsliklar 1995-yilgi lug‘atga asoslangan. O‘qituvchilar o‘n yillar davomida o‘quvchilarga so‘zlarni sentabr, oktabr, budjet, miniatura, drijor shaklida yozishni o‘rgatib kelgan. Ammo 1995-yilgi lug‘atdan davomli foydalanish o‘zini oqlamaydi. Chunki unda so‘z kam. Oddiy natyurmort, kompyuter kabi so‘zlar kiritilmagan. Holbuki, hozir bu tushunchalar bilan o‘quvchilar birinchi sinfdayoq tanishyapti.Garchi 2013-yilgi lug‘at ruscha va rus tili orqali kirgan so‘zlardagi yolashgan unlilarni aynan o‘girish yo‘lidan borgan bo‘lsa-da, kitob boshida keltirilgan imlo qoidalarida sentabr va aluminiy so‘zlari ayni shu ko‘rinishda qolgan.

    Darsliklar mualliflari va boshqa mutaxassislarga xilma-xil nega chiziqcha bilan yoziladi-yu, xilmaxillik nega qo‘shib yoziladi – takror va takror tushuntirishga, lug‘atga havola berishga to‘g‘ri kelyapti. “Unda nega ketma-ketlik ham qo‘shib yozilmayapti?” degan savolga “Lug‘atda shunday” degan chuchmal dalil ko‘rsatilyapti, xolos.

    1995-yilgi lug‘at o‘zbekcha talaffuzga yaqinlashtirishga uringan bo‘lsa-da, sentabr, oktabr so‘zlarini jonli tilga, amaldagi talaffuzga moslamagan. Bugun bu so‘zlarni o‘zbek tilli kishilar sentyabr, oktyabr shaklida aytyapti. To‘g‘ri, bundan 50–60 yillar burun lug‘atdagiday talaffuz qilingandir. Lekin til doimiy o‘zgarishda. Biz bugun rus tili ta’sirida bu so‘zlarni yolashgan unlilar bilan aytadigan bo‘ldik.

    Nashrga tayyorlanilayotgan darsliklarda ko‘p so‘zli va nisbatan keyingi nashr bo‘lgani uchun 2013-yilgi lug‘atga asoslanilyapti. Biroq hali kitoblar chop etilmasidanoq mualliflar, taqrizchilar, ekspertlar va amaliyotchi o‘qituvchilar o‘rtasida imlo masalasida tushunmovchiliklar kelib chiqyapti. Ularga-ku bir amallab tushuntirsa bo‘ladi. Lekin ertaga o‘n mingdan ortiq maktabda dars berayotgan bir necha o‘n minglab o‘qituvchilarga, oldin so‘zni boshqa shaklda yozib o‘rgangan o‘quvchilarga qanday izoh berish mumkin?

    Internetni kuzatib ko‘rdim. Bu masala oldin ham ko‘tarilgan ekan. Biroq biror rasmiy javob yoki ko‘rsatmaga ko‘zim tushmadi. Aslida bu o‘qituvchilar yoki ta’lim sohasining muammosi emas. Bu lug‘atshunoslikning, imloga mas’ul idoralarning egasiz yotgan muammosi.

    Biz ko‘pincha yoshlarning savodxonlik darajasi pastligi haqida yozg‘iramiz. Bir narsani unutmasligimiz kerak: savod darajasi tushishiga lug‘atlardagi chalkashliklar ham ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shadi.

    2013-yilgi lug‘at chiqqaniga sakkiz yil bo‘lyapti. Hozircha eng katta, qamrovli lug‘at – shu. Qaysi lug‘atga asoslanish masalasi nega haligacha uzil-kesil hal etilmagan, degan haqli savol tug‘iladi. Savolning javobi hozircha yo‘q.

    Olimlar va lug‘at tuzuvchilarning yakdil fikrga kelmasligi, har kim o‘z qarashini to‘g‘ri deb olishi oqibatida tildan foydalanuvchilar zarar ko‘ryapti. Ayniqsa, o‘quvchilar. Kelajak avlod manfaati shaxsiyatdan ustun bo‘lishi kerak. Hech qursa, ta’lim masalasida.

    Yuqoridagi mulohazalardan maqsad xato qidirish emas. Maqsad – shu muammoga yechim izlash, yechim so‘rash. Imlo masalasida og‘zibirchilik va to‘laqonli qat’iy qoidalar bo‘lmas ekan, til rivoji jiddiy to‘siqqa uchrayveradi.

    Alifbo isloh qilingach, balki, imlo bilan bog‘liq mana shu masalalar hal etilar. Keng miqyosda ishlar olib borilar. Lekin hozircha hech bo‘lmasa yuqorida keltirilgan chalkashliklarni hal qilib olish kerak.

    Yechimini kutayotgan savol shu: darslik va qo‘llanmalarda qaysi lug‘atdan foydalanish kerak? Imlo prinsipidagi chalkashliklarda (xilmaxillik, ketma-ketlik kabi) qanday yo‘l tutish zarur?

    Til masalasiga mas’ul tashkilotlardan bu borada rasmiy javob kutamiz.

    Boshqa maqolalar:

    • Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar
    • Murosaning kaliti yechimda: alifbo hammaga qulay bo‘lsin!

    22.05.2021, 14:10   Izoh (0)   60809
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.