• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston 103 mln dollarlik mahsulotlarni ofshor hududlarga pul o‘tkazish orqali import qilgan

    Yanvar—aprel oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan ofshor hududlarga to‘lovlarni amalga oshirgan holda 103 million dollarlik mahsulot import qilindi. Bu eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hukumat komissiyasining 7-maydagi 30-sonli bayonnomasidan kelib chiqadi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Masalan, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AK tomonidan 12 million dollarlik yarim tayyor temir mahsulotlarini import qilish uchun Gonkongga, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi korxonalari (assotsiatsiya a’zolari ro‘yxati) tomonidan 5 million dollarlik suyuq kristal modullar, muzlatkichlar uchun kompressorlar, elevator va konveyerlar kabi mahsulotlarni import qilish uchun Gonkong, Kipr va Virjin orollariga, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalari tomonidan 2 million dollarlik qadoqlash mashinalari, neft va folga mahsulotlarini import qilish uchun Britan hududlari, Marshall va Virjin orollari, Gonkong, Gibraltar kabi ofshor hududlarga to‘lovlar amalga oshirilgan.

    Hududiy korxonalar tomonidan ofshor hududlarga pul o‘tkazish orqali amalga oshirilgan import hajmlarining asosiy ulushi Toshkent shahri (33 million dollar), Farg‘ona (23 million dollar), Namangan (6 million dollar) va Surxondaryo (4 million dollar) viloyatlariga to‘g‘ri kelib, dori vositalari, maxsus texnikalar, asbob-uskunalar, neft mahsulotlarini import qilish uchun Gongkong, Kipr, Marshal va Bagam orollari, Britan hududlari, Malta, Gibraltar, Lixtenshteyn kabi ofshor hududlarga to‘lovlar amalga oshirilgan.

    Hujjatda ta’kidlanishicha, “O‘zmontajmaxsusqurilish” AK, “O‘zeltexsanoat” va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” rahbarlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatdagi kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha yordamchilari hisobot davrida ofshor hududlarga pul o‘tkazish orqali amalga oshirilgan import hajmlarining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ygan. Agar ular birinchi yarim yillikda kamchiliklarni bartaraf etmasa, o‘z lavozimlaridan ozod etilishi haqida ogohlantirilgan.

    Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bir hafta muddatda import shartnomalari bo‘yicha pul o‘tkazmalarini nazorat qilishni va ofshor hududlarga pul o‘tkazmalarini oldini olish maqsadida importni amalga oshirilishining ochiqlik, shaffoflik mexanizmlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga aniq taklif kiritishlari kerak.

    2019-yilning noyabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi valyuta chiqib ketishi va muddati o‘tgan debitor qarzdorlik o‘sishi shubhali ofshor hududlarga pul o‘tkazmalari yuborilishi bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qilgan edi.

    2020-yil oktabr oyida Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Markaziy banki monitoring qilinishi kerak bo‘lgan valyuta operatsiyalari qilinadigan ofshor hududlar ro‘yxatini kengaytirgan edi.

    Jahon tajribasida ofshor sxemalar

    Yuqorida keltirilgan holatlarda ofshor hududlarga pul o‘tkazmalari qanday maqsadda yuborilganligi haqida ma’lumot berilmagan. Lekin jahon tajribasida ofshor hududli savdo sxemalaridan valyuta qonunchiligini aylanib o‘tish va daromad solig‘i hamda bilvosita soliqlarni (aksiz va bojxona to‘lovi) pasaytirish maqsadida foydalaniladi. Misol — o‘rtakash kompaniya bilan import qilish sxemasi. Xorijiy kompaniya rezident kompaniyaga tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda jahon bozoridagi narxlarda yetkazadi.

    Sxemalarni qo‘llashdan maqsad qiyin yetkazib berish yo‘llaridan foydalanishda emas, balki pul aylanmalarining harakatini to‘g‘ri taqsimlashdir. Xorijiy kompaniya tovar uchun ofshor kompaniyaga to‘lovni soliq bandargohida amalga oshiradi. Bu mamlakatda xalqaro savdodan olingan daromad soliqqa tortilmaydi va kattaroq miqdorda bo‘ladi. Keyingi bosqichda ofshor kompaniya rezident import qiluvchi kompaniyaga tovarlar uchun to‘lovni amalga oshiradi.

    Narx tartibga solinadi hamda bevosita soliqlar (daromad solig‘i) va bilvosita soliqlarga (QQS, bojxona to‘lovlari va aksiz) bo‘lgan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi. Narx soliq solish bazasiga ta’sir o‘tkazadi va bu sxemani qo‘llashdan maqsad soliqlarni kamaytirishdir. To‘g‘ri hisob-kitob qilinsa, import qiluvchi kamroq soliq to‘laydi.

    21.05.2021, 12:10   Izoh (0)   65846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarildi

    21.05.2021, 11:27

    Toshkentda kuchli shamol yerusti metro bekati tomidagi qoplamalarni uchirib yubordi (video)

    21.05.2021, 11:12

    “O‘zbekneftgaz”: Gazli regionida kon va quduqlardagi tabiiy gaz qazib chiqarilishi holati o‘rganildi

    21.05.2021, 10:30

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 313 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    21.05.2021, 10:25

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 1,5 mln dozadan oshdi

    21.05.2021, 10:11

    Toshkentdagi Adiblar xiyobonida yigit-qizlarning buyumlarini talon-toroj qilib kelgan shaxslar qo‘lga olindi

    21.05.2021, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.