Kolumbiyadagi siyosiy tartibsizliklar va koronavirusning keng tarqalishi sabab mamlakat Amerika Kubogi—2021 musobaqasi mezbonligidan mahrum etildi.
Marca’ning xabar qilishicha, AQSh hukumati Kolumbiyani sayohat qilish uchun xavfli mamlakatlar qatoriga qo‘shgach, KONMEBOL ushbu qarorni qabul qilgan.
Ta’kidlanishicha, musobaqa to‘liq Argentinada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda yaqin orada rasman ma’lum qilinadi.
Amerika Kubogi 11-iyundan 10-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Avvaliga musobaqani Kolumbiya va Argentinada birgalikda o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)