Dunyo va O‘zbekistonda 19-may kuni olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

Nyu-Yorkda Falastinni qo‘llab-quvvatlash aksiyalari davom etmoqda.

Foto: “TASS”

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi xodimlari qo‘lidagi zotdor xizmat itining bolasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Serjant Klayv Tauel (chapda) va darvoza soqchisi Darren Hardi pandemiya vaqtida yopiq bo‘lgan London qal’asining darvozasini jamoatchilikka qayta ochmoqda. Qal’a Ikkinchi jahon urushi vaqtidan beri bunchalik ko‘p vaqt yopiq holatda turmagan edi.

Foto: Getty Images

21—25-may kunlari Toshkent shahri markazida yoshlar uchun o‘tkaziladigan Toshkent Besh tashabbus harakati—2021 festivaliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari fonida botayotgan quyosh manzarasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Fransiyada koronavirus cheklovlari yumashatilgandan so‘ng Luvr muzeyida Leonardo da Vinchining “Mona Liza” asarini tomosha qilishga kelgan sayyohlar.

Foto: AFP

O‘tgan kun davomida olti mingdan to‘qqiz minggacha noqonuniy muhojirlar Yevropa Ittifoqidan boshpana olishga umid qilib, Ispaniyaning Afrika shimolidagi Seuta avtonom shahri hududiga suzib keldi. Ispaniya hukumati mamlakatga Marokashdan kelgan muhojirlarni jalb qilishni to‘xtatish uchun armiyani safarbar etishga qaror qildi.

Foto: AP Photo

Londonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchi Ocean Rebellion faollari Ilmiy muzey oldida namoyish o‘tkazmoqda.

Foto: Reuters

Katmandudagi shifoxonada ishlovchi tibbiyot xodimi PZR-test sinovini o‘tkazishdan oldin qo‘lqoplarini dezinfeksiyalamoqda.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Tegallalang qishlog‘ida omadsizlik va yovuz ruhlarni quvib chiqarishi mumkin deb hisoblangan muqaddas Ngerebeg marosimida qatnashishdan oldin yuziga niqob taqayotgan bolakay.

Foto: Shutterstock

Shvetsiyaning sovuq havo sharoitida olib boradigan urushlari bo‘yicha mutaxassislari bilan birga Arktika muhitida ishlash qobiliyatini sinab ko‘rish uchun yillik mashg‘ulotlar paytida qor bilan qoplangan o‘rmonda yurgan Ranjer batalyoni a’zosi.

Foto: AFP

Ispaniya Fuqarolik gvardiyasi a’zosi muhojir go‘dakni suvda ushlab turibdi. Shu kunlarda minglab muhojirlar Marokashdan Ispaniya anklaviga suzib kelmoqda.

Foto: AFP

Xitoyning Nantondagi butadiyen gazi saqlanadigan omborda yong‘in o‘chirish mashqlari.

Foto: Shutterstock

Balidagi Tegallalang qishlog‘ida diniy marosim bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Fransuz ko‘cha rassomi va fotografi JR’ning navbatdagi ishi Parijdagi Trokadero ko‘chasida paydo bo‘ldi.

Foto: AP Photo

Italiyaning Stornara shahrida Stramurales ko‘cha san’ati festivaliga tayyorgarlik boshlandi.

Foto: EPA

Budapesht hayvonot bog‘ida yashayotgan qizil bo‘rilar.

Foto: EPA

Nyu-Dehlidagi krematoriyda koronavirus oqibatida vafot etgan kishining jasadi yaqinida o‘tirgan shifokorlar.

Foto: AFP

Ispaniya qiroli Filipp VI va qirolicha Letitsiya FITUR sayyohlik yarmarkasining ochilish marosimida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Venada yumshatilgan lokdaundan so‘ng ochilgan mehmonxona xodimlari ushbu kunni nishonlamoqda.

Foto: EPA

Rotterdamda bo‘lib o‘tgan Eurovision—2021 musobaqasining birinchi yarim finalida qatnashayotgan Shimoliy Makedoniya vakili Vasil.

Foto: Reuters

G‘azo sektoridan Isroil tomon uchirilgan raketalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi sirena ovozi yangrayotgan vaqtda mashinasi yonida yashirinib olgan isroillik. Osmonda esa Isroilning “Temir gumbaz” raketaga qarshi tizimi G‘azo sektoridan Ashkelon yaqiniga uchirilgan raketalarni ushlab qolyapti.

Foto: Reuters

XVII Xalqaro me’morchilik biyennalesiga tayyorgarlik jarayoni. Biyennale 22-maydan 21-noyabrgacha Venetsiyada bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor O‘zbekiston “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” mavzusidagi milliy pavilyoni bilan ishtirok etadi.

Foto: EPA

Fransiyaning Karnieres shahri yaqinida sariq kolza urug‘i, bug‘doy va qand lavlagisi ekilgan dalalarning yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: Reuters

Chili poytaxti Santyagoda Falastin tarafdorlari Isroilning G‘azoga qilgan hujumlariga qarshi namoyishda qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Sankt-Peterburgdagi Laxta markazida qurilayotgan binoga urilgan yashin.

Foto: Reuters

Ispaniyadagi birinchi muzey robot-gid Barselonada paydo bo‘ldi. Pepper nomli robot Yevropa zamonaviy san’at muzeyida ishlaydi.

Foto: EPA