Toshkent shahri Bektemir tumanida eri bilan janjallashib qolgan ayol o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Ma’lum qilinishicha, 16-may kuni taxminan soat 12:00 da Bektemir tumani IIO FMBning navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum ayol yuqori voltli elektr uzatuvchi tarmoq ustuniga chiqib, o‘z hayotiga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga shu zahoti ichki ishlar organlari xodimlari yetib kelgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ayolning hayoti asrab qolindi.
Uni yerga tushirib, tibbiyot xodimlari nazorati ostida qilgan ishining sababi haqida savollar berildi. Ayol eri bilan urishib qolgani sababli bu ishni qilganini ma’lum qildi. Er-xotinlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bundan avval Buxoroda xotinini pichoqlashga uringan er qo‘lga olingani, Xorazmda 19 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgandi, so‘ngra ish yana qayta tiklangani hamda Surxondaryoda tuman IIB boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)